So’ndirilmagan kesak-ohak


Download 228.84 Kb.
bet4/7
Sana26.12.2022
Hajmi228.84 Kb.
#1067464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ohak

Gidravlik ohak
Odatda tarkibida 6 dan 20a gacha gil aralashma bo‘ladigan mergel ohaktoshlarni eritib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada kuydirib, keyin mayda tuyganda hosil bo‘1adigan bog‘lovchi moddaga gidravlik ohak deyiladi.
Gidravlik ohak tuyilgan so‘ndirilmagan («tuyilgan so‘ndi- rilmagan ohak») na kukun holigacha so‘ndirilgan (mayda tuyilgan so‘nmagan zarrachalar aralashmasi bilan) ohak holida ishlab clliqariladi.
Qotish tezligi va mexanik jihatdan qanchalik mustahkam- lanishiga qarab, gidravlik ohak ikkiga bo‘linadi: kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak.
Ohakning gidravlik darajasi gidravlik (asosiy) modul (m) miqdori bilan aniqlanadi. Gidravlik modul ohak (xomashyo) tarkibidagi kalsiy oksidi va kislota oksidlari (yig‘indisi)ning miqdor nisbati bilan ifodalanadi:
m —- CaO
(SiO + '* °. + Fe O,)
Ohakda faqat havoda qotadigan CaO qanchalik ko‘p, ya’ni asosiy modul qanchalik katta bo‘1sa, uning gidravlik xossalari shunchalik past bo‘1adi, chunki CaO ko‘p bo‘1sa, ana shunday xossalarga ega bo‘1gan boshqa moddalar (kalsiy silikat, alyuminat va ferritlar) kam bo‘1adi. Masalan, gidravlik ohak gidravlik modulining miqdori, 1,7-9 ga teng. Gidravlik moduli 1,7-4,5 ga teng bo‘lgan ohak kuchli gidravlik ohak, moduli 4,5-9 gacha bo‘lgan ohak kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi. Gidravlik modul 9 dan ortiq bo‘lsa, ohak amalda gidravlik xossalarga ega bo‘1maydi va u havoda qotadigan ohak hisoblanadi.
Ikki kalsiyli silikat (2CaO- S iO2), ikki kalsiyli ferrit (2CaO- FeO,) va bir kalsiyli alyuminat (CaO- AI2O,) kuydiri-
layotganda hosil bo‘1adigan va kuydirish mahsulotini gidravlik xossali qiladigan birikmalardan hisoblanadi. CaO ning SiO2, AI,O, va Fe2O, larni ko‘rsati1gan birikmalar tarzida bog‘lay oladigan eng ko‘p miqdori 1,7-1,8 og'irlik qismini tashkil qiladi. Gidravlik ohakning asosiy moduli odatda bir oz yuqori — 9 gacha, ko‘pincha 3-5 bo‘ladi, ya’ni gidravlik ohakda CaO ning 9 og‘irlik qismiga 1 og‘ir1ik qism kislota oksidlari to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, gidravlik ohak tarkibida, gidravlik birikmalar — kalsiy silikatlar, alyuminatlar va ferritlar bilan birgalîkda ozmi-ko‘pmi erkin CaO ham bo‘1ishi mumkin. Shunga ko‘ra, gidravlik ohak ishlab chiqarish xususiyatlari, uning xossalari va ishlatilish sohalari ham har xi1.
Texnologik chizma. Mergel ohaktosh portlash yo‘1i bilan qazib olinadi va maydalanib, saralanadi, keyin kuydiriladi.
Ohak kuydiruvchi agregat sifatida shaxtn yoki aylanma pechlardan foydalaniladi. Shaxta pechlarda kamida 20-40 mm o‘1chamda, aylanma pechlarda esa l 5—20 mm o‘lchamdagi ohaktosh kuydiriladi.
Mergel ohaktoshlarni kuydirayotganda kalsiy oksidi hosil bo‘ladi. U gil aralashmalar tarkibidagi kislota oksidlari bilan o‘zaro birikadi. Shunda kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari hosil bo‘1adi. Aytib o‘tilgan o‘zaro birikish suyuq fazada emas, qattiq fazalarda sodir bo’ladi. Shuning uchun ham kuydirilgan material kesaklanib qolmaydi.
Gidravlik ohakni kuydirish harorati amalda 800—900‘C dan l000‘C gacha bo‘1adi. 1100‘C dan yuqori haroratda mahsulot so‘nish qobiliyatini yo‘qotadi.
Gidravlik ohak ishlab chiqarishda dolomitlashmagan va dolomit- lashgan ohaktoshlar qo‘11ani1adi. Dolomitlashgan ohaktoshlardagi MgCO3 miqdori 20a gacha boradi. Bunday ohaktoshlarni kuydirayotganda talaygina magniy oksidi hosi1bo‘ladi. Magniy oksidi esa kuydirish harorati 800—900‘C dan ortishi bilan suvga nisbatan faolligini tobora kamaytira boradi. Bunda magneziya sekin so‘nadi va qotib qolgan betonda ham so‘nishni davom ettirishi va oqibatda beton yorilib ketishi mumkin. Shuning uçhun ham dolomitlashgan mergel ohaktosNarni yuqorida ko‘rsati1gani kabi 800—900‘C dan oshmaydigan haroratda shaxta pech yoki aylanma pechlarda kuydirish kerak.
Shaxta pech turida ishlatiladigan ohaktoshlar kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadi. Ohaktoshlar dolomitlashmagan bo‘lsa, xomashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan pechlar ishlatiladi. Dolomit-
lashgan ohaktoshlar esa yoqilg‘i batamom yongandan keyin o‘txonasi tashqariga chiqarilgan pechlarda yoki ancha tejamli nim gaz pechlarda kuydirilgani ma’qul. Aks holda, magniy oksidi kuyib ketadi.
Tuyilgan so‘ndiri1magan ohak olishda dolomitlashmagan ohaktoshlarni xomashyo bilan yoqilg‘i aralash solingan pechlarda kuydirilgani yaxshi. Chunki mayda tuyilgan holdagi yoqi1g‘i kuli ohakning gidravlik xossalarini oshiradi.
Aylanma pechlar ishlab chiqarishning bu sohasida kam ishlatiladi. Chunki yoqi1g‘i sifatida ko‘mir changini ishlatishga, ko‘mir chang tayyorlashni tashkil etish uchun ko‘p mablag‘ sarflashga, shuningdek, kuydirish uchun ancha ko‘p, ya’ni shaxta pechlarida kuydirilayotgan vaqtdagi l2-15a o‘miga ohak og‘iri1igiga nisbatan 20% gacha shartli yoqilg‘i sarflashga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramasdan, boshqa bir qator ko‘rsatkichlari, jumladan, sermehnatliligi jihatidan shaxta pechlarda qaraganda ancha tejamli kalta aylanma pechlar ishlatiladi.
Gidravlik ohak kuydirishda shaxta va aylanma pechlarning ish unumi, taxminan, havoda qotadigan ohakni kuydirish pecNarining
ish tınumidek bo‘1adi.
So‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak isNab chiqarayotganda texnologik operatsiyalar qanday tartibda davom etishi 107-betdagi chizmadan ko‘rinib turibdi.
Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so‘ndirilmagan gidravlik kesak ohak deb yuritiladi) hali bog‘lovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda beton ishlashida undan foydalanib bo‘1maydi. Bog‘1ovchi modda hosil qilish uchun so‘ndiri1magan kesak ohak bo‘1aklari mayda tuyilishi kerak.
Gidravlik kesak ohak ikki usulda, ya’ni mexanik yo‘1 bilan, zo‘1dirli tegirmonlarda so‘ndirish yo‘1i bilan tuyilishi mumkin. Birinchi usulda tuyganda so‘ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak (u qo‘1lanib kelinayotgan standart bo‘yicha tuyilgan so‘ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun holigacha so‘ndirilgan gidravlik ohak olinadi.
10-20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak shar tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan ta’minlagich yordamida shar tegirmoniga keragicha solib turiladi. Maydalangan mahsulot yirik donalarini ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi. Yirik donalari qayta tuyishga, mayda donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi.

Idishsiz jo‘natish

Download 228.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling