So’ndirilmagan kesak-ohak
Download 228.84 Kb.
|
Ohak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo materiallari va ularni tayyorlash.
Mavzu: O‘zbekistonda havoiy ohak ishlab chiqarish istiqbollari Reja So’ndirilmagan kesak-ohak Gidravlik ohak So’ndirilmagan kesak-ohak So‘ndiri1magan kesak-ohak ishlab chiqarish texnologik jara- yoni, keltirilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, asosan ohaktosh qazib olish, uni tayyorlash va kuydirishdan iborat. Xomashyo materiallari va ularni tayyorlash. So‘ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish uchun tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘1gan tog‘ jinslari (ohaktosh1ar)dan foy- dalaniladi. Ohaktoshlar cho‘kindi tog‘ jinslari bo‘lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo‘linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy karbonatdan iborat. Boshqa moddalar (magniy karbonat, gil va har xil oksidlar) bo‘1ishiga sabab shuki, ohaktoshlar cho‘kindi holda hosil bo‘1adi; karbonatlar cho‘kkanida bu moddalar ham cho‘kkan. Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlaming rangi oq rangdan qora ranggacha boradi. Bitum va ko‘mir moddalar qo‘shi1gan bo‘lsa, ohaktosh qoramtir bo‘ladi. Sarig‘, qo‘ng‘ir, kulrang tusda bo‘1ishi ohaktoshdagi temir va marganes aralashmalari ta’siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo‘ladi. Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo‘shi1gan bo‘ladi. Slıurıga ko‘ra, ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarki- bida 5% gacha gil aralashmalari bor): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida 5Pe dan 10a gacha gil zarrachalari bor); ohak-karbonat mergel (tarkibida 10a dan 30% gacha gil zarrachalari bor) va mergel (tarkibida 30a dan 50a gacha gil zarrachalari bor) ohaktoshlar. Keltirilgan tasnifdan ko‘rinib turibdiki, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun faqat sof ohaktosh va qisman mergelli (gil) ohaktoshnigina ishlatish kerak. So‘ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish texnologiyasi chizmasi.
Maydalagich
Sim g‘alvir UlushJagich Ulushlagich Ulushlagich Kuydirish pechi Kesak-ohak ombori Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta’sir etadigan ikkinchi modda magniy karbonatdir. Karbonatli tog‘ jinslari tarkibida qancha MgCO, borligiga qarab, salgina dolomitlashgan ohaktosh (tarkibida 5-10a MgCO, bor), ohaktosh dolomit (tarkibida 20—40a MgCO, bor) va dolomit (tarkibida 40-46a MgCO, bor)ga bo‘1inadi. Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun dolomitlashgan ohaktoshlarning hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydiiganda tegishlicha oz magnezialli va dolomitli ohak hosil bo‘ladi. Ha oda qotadigan ohak ish lash uchun qo‘llaniladigan karbonatli tog‘ jinslarining hammasi standard bo‘yicha uch, ya’ni A, B va D sinfga bo‘linadi. Bunday bo‘lishi uchun tog‘ jinslari tarkibida qancha karbonat, magniy karbonat va gil aralashma (SiO„ Al2O, va Fe,O, oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida (10- jadval) ohaktoslining har sinfga nisbatan qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Download 228.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling