So’ndirilmagan kesak-ohak


Download 228.84 Kb.
bet2/7
Sana26.12.2022
Hajmi228.84 Kb.
#1067464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ohak

10-jadval.
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan
ohaktoshlarning kimyoviy tarkibi.















Gil aralashmalar,
ko‘pi bilan

A

95

2,5

2

B

82

10

8

D

50

40

8

Ohaktoshlar tarkibiy tuzilishi jihatidan zich, bo‘sh va g‘ovak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ohaktoshlar quyidagi turlarga bo‘1inadi:

  • donador-kristall yoki marmar (mayda kristall tarkibiy tuzilishga ega) ohaktosh;

  • zich-kristall tarkibiy tuzilishga ega ohaktosh;

  • zoldirchalar to‘p1ainidan iborat oolit ohaktosh;

  • ohaktosh tuf (g‘ovak ohaktosh);

  • o‘1gan jonli organizmlar kosasidan iborat ohaktosh — chig‘anoq;

  • yumshoq-bo‘sh tog‘ jinsi — bo‘r.

Shaxta pechlarda kuydirib, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun tarkibiy tuzilishi zich hamma ohaktoshlardan foydalansa bo‘1adi.

Ohaktosh qazib olish. Ohaktosh konlari ko‘p hollarda yer yuzasida bo‘ladi. Ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi: avval portlatiladi, keyin portlatilgan tog‘ jinslari bir cho‘mich1i ekskavatorlar yordamida transportga yuklanadi. Ohaktoshlarning yirik xarsanglari pnevmatik yoki elektr bolg‘a1ar bilan maydalanadi. Ba’zan kiclıkina zaryadlar yordamida takror portlatib maydalanadi. Ohaktoshlar temir yo'1 yoki tosh yo‘1da qatnaydigan transport vositasida yoki kon yaqinida, ya’ni l kg masofada bo‘lsa, transportyorlar yordamida tashiladi. Transportyor yordamida tashish eng qulay, unumli va kam mehnatli usuldir. Kon 3 km masofada bo‘lganda ohaktoshlarni yukini o‘zi ag‘daradigan mashinalarda (samosvallarda) tashigan foydali, mazkur ma- shinalar yaxshi isNashi uchun usti pishiq ravon yo‘llar kerak. Kon 3 km dan ortiq masofada bo‘lganida temiryo‘1dan foy-


dalanilgani ma’qu1.
Xomashyoni qazib olishni tashkil qilayotganda ohaktosh cho‘kindi sifatida hosil bo‘lganiga ahamiyat berish kerak. Chunki ohaktosNaming kimyoviy va mineralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi (quvvati) bo‘yicha ancha farq qiladi. Ohaktosh qatlamida linzasimon uyum yoki qatlam holida gil uchrashi ham mumkin. Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo‘11ani1adigan ohaktosh tarkibida aralashma ko‘p bo'lsa, uni ishlatib bo‘lmaydi. Shuning uchun kondan ohaktosh qazib ola boshlashdan oldin uning hamma qismini puxta tekshirib chiqish kerak.
Ohaktosh yerda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim joylarda bir xi1 bo‘1gani yoki salgina farq qilgandagina yalpi (yoppasiga) qaziladi. Sifati keskin farq qilsa, tanlab-tanlab qaziladi. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi, shu bilan birga sifati ishonclfii bo‘1may qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohak- toshning sifati yoki sifatsizligini rang va qattiqligiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun katta tajriba kerak. Shuning uchun ham ohaktosh to‘plangan joylar sifati jihatidan bir-biridan keskin farq qilsa, ohak zavodi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yaxshiroq kon qidirish kerak bo‘1adi.
Ohaktoshni kuydirishga tayyorlash. Ohaktosh bo‘laklarining iloji boricha bir xil o‘lchamda bo‘lishi ohakning sifatli kuydirilishini ta’min1aydigan muhim shartlarning biridir.
Bu shartga shu sababdan rioya qilinishi kerakki, birinchidan, kuydirish muddati ohak- toshlaming o‘1chamiga bog’1iq, ikkinchidan, bir xi1 o‘1chamdagi ohaktosh bo‘lak1ari nisbatan ancha katta bo‘sh1iq hosil qiladi, slıu bilan shaxta echlarda gazlarga kam qarshılik ko‘rsati1adi. Yirik va mayda ohaktosh bo‘lak1ari aralashiga kuydirilsa, ohakning bir qismi chala, bir qismi esa o‘ta pishib ketadi.
Buning sababi shundaki, pechga o‘1chami har xi1 ohaktosh solinganda yirik bo‘1aklari og‘ir bo‘lgan1igidan pechning chekkasida hamda mayda bo‘lak1ar esa o‘rtasi (markazi)da to‘planib qoladi. Ohaktosh bo‘1aklari qanchalik kichik bo‘1sa, shunchalik shixta gazlarning o‘tishiga ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi. Tutun-gazlar va yoqilg‘ining yonishi hamda ohakning sovishi uchun zarur bo‘lgan havo qarshiligi kamroq joylardan o‘tadi. Natijada pech markazida shixta yetarli darajada pishmaydi va yoqilg‘ining talaygina qismi yonmay qolishi mumkin.
OhaktOShl£tT kııydirish uchun saralash vaqtidayoq tegishlicha tayyorlana boshlanadi. Odatda saralash paytida ohaktoshlar maydalanadi. Chunki ohaktosh bo‘1aklari ko‘pincha juda katta, ya’ni 50-60 sm gacha va undan ham katta o‘1cham1arda bo‘ladi.
Ohaktoshni qanchalik katta-kichik o‘1chamda maydalash kerakligi odatda ishlatiladigan pech turiga bog‘1iq bo‘ladi. Shaxta pechda kuydiriiganda ko’nda1angiga 20-40, 40-80 va 80-120 mm keladigan ohaktoshlar alohida-alohida pishadi. 80—120 mm bo‘laklar faqatgina shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan pechlarda kuydiriladi. Chunki ohaktosh bo‘laklari katta bo‘1gani uchun ularni uzoq vaqt kuydirishga to‘g‘ri keladi. Yangi pechlar qurayotganda esa 20—40 va 40-80 mm o‘1chamdagi ohaktoshlardan foydalanish zarur. Aylanma pechlarda kuydirilayotganda 5-20 va 20-40 mm o‘lchamdagi ohaktoshlar ishlatiladi.
Maydalash jarayoni yopiq yoki ochiq sikl bo‘yic1ıa olib borilishi mumkin. Ochiq sikl bo‘yicha ishlatilayotganda, material maydalagich apparatidan faqat bir marta o‘tkazi1adi. Yopiq sikl bo‘yicha ishlayotganda esa yirik bo‘lakJar yana qaytadan maydalanadi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda maydalangan mahsulot har xil, ya’ni chang-kukundan tortib maydalagich chiqish teshigining erit baravari keladigan o‘lchamdagi parchalardan iborat bo‘ladi. Bunday mahsulotdagi tovar-fraksiya unchalik ko‘p bo‘1maydi, odatda 50% dan kamrog‘ini tashkil etadi, qolgan qismi esa chiqindiga clliqib ketadigan mayda-chuydalardan iborat bo‘1adi. Maydalashning yopiq

sikli nisbatan ko‘proq — 60-70a toVaTli fraksiya olishga imkon beradi. Shuning uchun ham bir xil fTaksiya kattalikdagi mahsulot olish uchun maydalashning ana shu usuli qo‘11ani1adi. Maydalash-saralash qurilmasi quyidagicha ishlaydi. Kondan tashib keltirilgan ohaktosh qabul qiluvchi bunkerga solinadi, u yerdan plastinka ta’min1agich yordamida bir tekisda panjara to‘rga uzatib turiladi. To‘r panjaralari orasidan o‘tmagan yirik bo‘laklar maydalagichga, maydalari esa saralagich sim g‘a1 irga yuboriladi. Maydalagichda maydalangan mahsulot ham ana shu sim g‘a1virga tushadi. Saralagich sim g‘alvir odatda bir necha elakdan iborat bo‘ladi. Elaklarning soni bo‘lak o‘lchamlari soniga bog‘1iq. Yuqorigi elakdan o‘tmagan yirik ohaktosh bo‘laklari yana maydalashga yuboriladi, har qaysi elakdan ushlanib qolgan mayda bo‘lak1ari esa saralagich sim g‘alvir ostiga o‘rnati1gan bunkerning tegishli bo‘limlariga to‘kiladi.


Ohaktosh bo‘lak1arining o‘1cham1ari va fraksiyaning talab qilinayotgan yirikligiga qarab bir yoki ibAi pog‘onali maydalash chizmasi qo‘11aniladi. Bir pog‘onali chizma bo‘yicha may- dalayotganda material bitta maydalagichda maydalanadi. Ikki pog‘ona1ida esa ketma-ketiga ikki ınaydalagiclıdan o‘tadi: birinchisining chiqish teshigi katta, ikkinchisiniki kichik bo‘ladi. Maydalangan mahsulot shu orada yana bir bor sarnlanishi ham mumkin.
Qanday tipdagi maydalash apparatini tanlash xomashyo turiga bog‘liq. Misol uchun, zich ohaktoshlar jag‘li maydalagichlarda maydalanadi. Bo‘sh karbonat jinslar, asosan, bo‘rni maydalashda ularni ishlatib bo‘lmaydi. Chunki maydalagichlarga yopishib qolishi mumkin. Shuning uchun tishli valslar ishlatiladi.
Zich ohaktoshlar SM—llA va SM-16 A markalı mayda- lagichlarda yaxshi maydalanadi (11-jadval).
I I-jadval.
Jag‘li maydalagichlarning texnik tavsifi.




Download 228.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling