So‘nggi qo‘NG‘iroq sadosi (Bitiruvchi sinflar uchun bayram tadbiri ssenariysi.)
Download 37.63 Kb.
|
25-may ssenariysi,buyrug\'i bn
sardoba tumani 16-maktabda sO’NGGI QO’NG’IROQ TADBIRI SSENARIYSI SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ SADOSI (Bitiruvchi sinflar uchun bayram tadbiri ssenariysi.) Sahna bayramona bezatilgan: devorlarda turli rangdagi sharlar, birinchi sinfga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilar qo‘lidan tutgan ustozlari aks etgan suratlar, darsliklardan namunalar keltirilgan rasmlar ilingan. Devorlarga “Hayr bolalik”, “Hayr maktab”, “Bitiruvchi -2022” deb yozilgan ro‘znomalar ilingan. Hamma ko‘tarinki ruhda. CHorlash musiq asi chalinib, sahnaga chiroyli kiyingan, qo‘llarida gullar bilan boshlovchi o‘quvchilar chiqib keladi 1-Boshlovchi:DIQQAT,E’TIBORINGIZGA O’ZB RESPUBLIKASI DAVLAT Madhiyasi yangraydi.(madhiya qo’yiladi) Bugun do‘stlar bu gulshanda Bayramu ayyom o‘zgacha Mustaqil erkin chamanda Gullagan har yon o‘zgacha SHogirdlar ustoz qoshida Tabrigu kalom o‘zgacha Muallimlar madxida Ta’zimu salom o‘zgacha 2-Boshlovchi: Assalom ustozlar! Mehri go‘yolar YUragi quyoshu qalbi daryolar Sizga ham mehmonlar, dilda ehtirom Qo‘llar ko‘ksimizda dermiz assalom 1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, ushbu tabarruk maskanga yig‘ilgan aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, qadrli o‘quvchilar va ota-ona lar. Assalomu alaykum so‘nggi qo‘ng‘iroq bayramiga kelgan jajji o‘g‘il-qizlar! 2-Boshlovchi: Mana biz orziqib kutgan 25 may kuni ham etib keldi, ammo mana shu damda mana shu aziz maktab qo‘ynida, sinfdoshlar davrasida loaqal bir kun, bir kungina qolgingiz keladi, lekin xayot, vaqt faqat oldinga intiladi…. Bugungi “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirimizni ochib berish uchun so’z maktabimiz direktori ,ustozimiz-Nishonov Zokir Abdullayevichga beriladi,marhamat. SHunday qilib bugungi tadbirimizni ochiq Deb E’LON qilindi. DAVRAMIZGA 2022-YILGI BITIRUVCHILARNI CHORLAYMIZ! 11 A-SINF RAHBARI Tangirova Oysara Saitqulovna, Qo’chqorov Jo’rabek Mahmudovich bilan. 11 b-sinf rahbari Qarasheva Maryam Aqmuratovna bilan. Guldiros olqishlar bilan ularni kutib olmiz. (Davraga musiqa sadolari ostida bitiruvchilar kirib kelib, o‘z joylarini egallaydilar.) 1-Boshlovchi: Assalom ona yurt xurlar o‘lkasi Tarif tavsiyangni yo‘q nihoyasi Senga bag‘ishlanar muqaddas qo‘shiq Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i olib kiriladi.) 2-Boshlovchi: Endi navbatni ________________________________________________ beramiz!. 1-Boshlovchi: Endi tadbirimizning badiiy qismini boshlaymiz va davraga _______________sinf o‘quvchilarini taklif qilamiz. Marhamat. ular ijrosida zamonaviy raqs ijro etiladi. 1-Boshlovchi: Men qulliq qilarman ey ulug‘ dargox Tafakkur ilmining ilk koshonasi Ko‘nglim kun-ko‘zimga yoqding shamchiroq YArqiradi zavq-shavq ostonasi 2-Boshlovchi: Xarflar kashtasin ilk bora tugib Ustozlar izmida tanidim olam Umr yo‘llarining sabog‘in o‘qib Mehr ummonida ulg‘aydi odam.. 1-boshlovchi- Nurafshon hur o‘lkam farzandi bizlar, Avlodlar bahtiga nur soch, maktabim. YAshnagan chamanday bag‘ringda bizlar, Tabarruk ostonam, jonim maktabim. Ilmu har jabxadan o‘rganib saboq, Ustozlar ziyosin tavof aylamoq, CHiniqib, zavqlanib, barkamol quvnoq, O‘smoqlik nasib etsin har kimga, o‘rtoq. Ajdodlar ruxlari bizda kuch-qanot, Tarixning o‘chmas bir shodasi o‘zining, Sendadir bahtimiz, sendadir najot, Hayotimda mangu qol, maktabim mening Mustaqil Vatanim dilbandi bizlar, Tenglar ichra tengmiz-mangu hur –omon, Ma’rifat bog‘idan samoni ko‘zlar Bo‘l omon, yashayver turguncha jahon! 1-Boshlovchi: So‘nggi qo‘ng‘iroq bu so‘z dilimizga goh quvonch, goh mag‘zunlik baxsh etadi.Quvonchlisi shuki, biz ilmning yana ham yuksak cho‘qqilariga parvoz qilamiz. 2-Boshlovchi: Mag‘zunlisi shuki biz bugun ilk bolalik davri bilan, ta’lim bergan hayot ilmidan bizni xabardor qilib, ilm sirlaridan ogoh qilgan onadek aziz ustoz murabbiylarimiz bilan hayrlashamiz.Endigi tabriklash uchun so’z ____________________________________________________________Ga beriladi. 1-Boshlovchi: Maktabimizning an’anaviy ramziy kalitini 11-“A” sinf o‘quvchisi _______________________________ 2023-yil bitituvchi 10-“A” sinf o‘quvchisi __________________________________________ topshiradi. 11-sinf o‘quvchisi: Men qo‘limdagi maktabning an’anaviy ramziy kalitini topshirar ekanman, sizlarni ya’ni keyingi yil bitiruvchilarini-maktabni ko‘z qorachig‘idek asrashga, ustozlarni hurmat qilishga, kichiklarga izzatda bo‘lishga da’vat etaman. 10-sinf o‘quvchisi: Men zo‘r mamnuniyat bilan maktabning an’anaviy ramziy kalitini qabul qilar ekanman, maktabni ko‘z qorachig‘idek asrashga, ustozlarni hurmat qilishga, kichiklarga izzatda bo‘lishga ma’suliyatni his etgan xolda o‘zim va tengdoshlarim nomidan va’da beraman! 2-Boshlovchi: Endi navbatni 11”A”-“B”sinf o‘quvchilariga beramiz. 9-sinf o‘quvchilarining ustozlariga aytadigan dil izxorlari bor ekan navbatni o‘z-o‘zidan ularga beramiz. SHe’rlar aytiladi, gullar beriladi. Navbatni “Qo’rg’ontepa” MFY vakillari___________________________ga beriladi.Maxalla oqsoqoli bitiruvchilarga ulkan omadlar va oq yo‘l tilaydi. 1-Boshlovchi: Maktab deganda ko‘z oldimizga ustozlarimiz, ularni mashaqqatli mehnatlari-yu, kunni-tunga ulab berishlari gavdalanadi. 2-Boshlovchi: Biz qancha maktab va ustozlar haqida gapirmaylik ozlik qiladi. Biz hayotimiz davomida nelarga erishmaylik, qaerlarda bo‘lmaylik qalbimizning bir chetida qadirdon go‘shamiz, aziz maktabimiz sog‘inchi yashaydi. Maktab bitiruvchilari O.Mutalxodjaev ashulasi sadolari ostida bog’cha bolalariga gullar taqdim etishadi.So‘ng Bog’cha bolalari o‘z she’rlarini aytib beradilar. 1-Boshlovchi: Nur yog‘ilib olamga Avjlanar raqs maromi Ko‘rk bag‘ishlar bayramga Asli qizlar xiromi. “G’uncha” to’garagi o‘quvchilari raqsga tushadilar. 2-Boshlovchi: Endi so‘z navbatini bugungi bitiruvchilarimzning sinf rahbarlariga - o‘qituvchisiga beramiz. O‘qituvchining o‘z so‘zida bitiruvchilarning maktabdagi faoliyati xaqida iliq fikrlarini bildiradi. 1-Boshlovchi:. Yillar o‘tib ulg‘aysak bir kun YOshligimiz xayol bo‘ladi Aytilmagan dil so‘zlar uchun YUraklarda armon to‘ladi. 2-Boshlovchi: Bitiruvchilarning gimniga aylanib qolgan “Hayr maktabim” qo‘shig‘ini maktabimizning barcha bitiruvchilari ijro etadilar. 1-Boshlovchi: Bolalik xislarim uyg‘otgan makon Men ortga qaytolmay tonglari tiniq Rad etgum kelmoqda, chin dildan ishon CHalinmay turaqol so‘nggi qo‘ng‘iroq 2-Boshlovchi: Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan, Ko‘nglimda yoqdi u abadiy chiroq YAshirgim kelmaydi men ko‘z yoshlarim CHalinmay turaqol so‘nggi qo‘ng‘iroq… 1-Boshlovchi: Mana do‘stlar hayajonli daqiqalar ham etib keldi! Qo‘ng‘iroq chalish uchun faxrli navbatni ____“__” sinq o‘quvchisi ___________________________________________va ____-sinf o‘quvchisi_________________ga beramiz. 2-Boshlovchi: Bizni etuklik olamiga kuzatgan mo‘‘tabar va munavvar maktabimizning mehr to‘la duosi bo‘lmish so‘nggi qo‘ng‘iroq dillarimizda hamisha jaranglab turaveradi. Xayr! Muqaddas Maktabim! Maktab haqida qo‘shiq yangraydi. Kaptarlar va sharlar uchiriladi. Download 37.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling