So'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati


Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so'nggi  nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning


Download 77.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1765284
1   2
Bog'liq
So\'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati

Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so'nggi 
nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning 
boshlanishi» (1825) kitobida qiymatning mehnat 
nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, 
shamol ham, bug' ham, koks ham, mashina ham mehnat 
qiladi, degan g'oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda 
qiymatning jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli 
yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u 
ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo 
qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to'la 
quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni 
turlicha sharhlashga intilgan bo'lsalar, XIX asrning 30-50 
yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan ochiqdan-
ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat 


to'ntarilishi nihoyasiga etdi, sinfiy differensiasiya amalga 
oshdi.Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol 
qiymatlari», qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat 
(qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o'sishi mumkin emas 
degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy 
tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va 
birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi. 
Aholining iqtisodiyotdagi roli to'g'risida so'z yuritilib, 
Angliyada 1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari 
ishlab chiqarish sur'atlari aholi o'sishidan yuqori bo'lmagan. 
Aholi sonini kamaytirish bo'yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy 
tug'ulishni kamaytirish, ayollar emansipasiyasi). Bu masalada 
Mill Maltus bilan hamohangdir. 
Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan 
mahsulotlar zahira» lari tushuniladi. Kapital jamg'arish 
investisiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, 
ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta'limotiga qarang).
Renta to'g'risidagi fikrda, renta bu erdan foydalanganlik 
uchun to'lanadigan kompensasiya deb qaraladi. Shu bilan 
birga, er uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta 
mavjud .bo'ladi yoki foydani yo'q qiluvchi xarajat bo'lishi 
mumkin. Millning sosial islohoti huquqidan uch pazisiyani o'z 
ichiga oladi: 
1.
kooperativ ishlab chiqarish assosiasiyasi yordamida 
yollanma mehnatni tugatish; 


2.
er solig'i yordamida er rentasini ijtimoiylashtirish; 
3.
merosxo'rlik qonunini cheklash yordamida boylikning 
tengsizligini cheklash. 
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy-
iqtisodiy o'zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit 
ta'limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni 
shakillanishiga etarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar 
umuman klassik iqtisodiy 
maktabga muholif bo'lib uch asosiy yo'nalishda: iqtisodiy 
romantizm, hayoliy sosiolizm, nemis tarixiy maktabi 
(ijtimoiy-tarixiy) yo'nalishida rivojlandi. Bularningasosiy 
vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga 
ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilish modelini taklif qildilar. 
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar 
ishlab chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi 
davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, 
unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan 
bergan iqtisodchilarni paydo bo'lishi tabiiy bir hoi edi. Mayda 
ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy 
maktabga ham, hayoliy-sosialistlarga ham bab-barovar teng 
qarshi turuvchi iqtisodiy ta'limotni ilgari surishga intildilar. 
Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni 


saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog'liq 
bo'lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni 
sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar. 
3.Iqtisodiyot nazariyasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish 
uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o'zi nima, uning vazifasi 
nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. 
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko'p 
qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar 
kishilarning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, xizmatlar 
ko'rsatish, fan, inadaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa 
faoliyat turlarining borgan sari ko'payib, rivojlanib hamda 
ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq 
davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim 
masalalar bugungi kunda oddiy haqiqatga aylanmoqda va 
ularni anglash osondek tuyuladi. Masalan, bugun hammaga 
ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta'lim bilan shug'ullanishlari uchun 
hayotiy ne’matlarni iste'mol qilishlari, kiyinishlari kerak. 
Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyimkechak, uy-joy va turli 
xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, 
o'zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni 
hayotiy ehtiyojlari — kiyim-kechak, oziqovqat, uy-ro‘zg‘or 
buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun 
zarur bo'lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga 
topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu 


muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida kishilar turli yo'nalishlarda, sohalarda faoliyat 
ko'rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng 
asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini 
ta’minlaydigani moddiy va ma'naviy ne'matlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat bo'lgan iqtisodiy 
faoliyatdir. Iste'mol tovarlari va xizmat ko'rsatish sohalari 
turli-tuman bo'lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham 
turlichadir, ularning turi va soni juda ko'pdir. Cheklangan 
iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning 
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy 
vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib 
berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan 
turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy 
faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy 
shakli uy xo'jaligi doirasida ro'y bergan. Shuning uchun 
qadimgi yunon olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) 
asarlarida iqtisodiyot - uy xo'jaligi va uni yuritish qonunlari 
deb tush unt irilgan.
Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik 
ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda 
tejamkorlikka alohida e'tibor berilgan. Masalan, Quroni 
Karimda shunday oyat bor: «Yenglar, ichinglar, hadya 
qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1 Lekin, hozirgi davrda 
iqtisodiyot keng ma'noni anglatib, faqatgina uy yoki 
individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini 
anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo‘jalik, jamoa 
xo'jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo'jaliklaridan, moliya 


va bank tizimlaridan, xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar. 
korporatsiyalar, konsernlar, qo'shma korxonalar, davlatlar 
o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta 
murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. 


Xulosa. 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yoMdagi faoliyatning 
asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim 
zamonlardan mavjud bo'lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni 
tartibga solish, uni kishilarga kerak bo'lgan tomonga 
yo'naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko'zga ko'ringan 
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, 
qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo 
olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. Biz uzoqqa 
bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni 
Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini
bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon 
Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek asarlarini o'qir 
ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari 
yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta 
uqtirilganligiga yana bir karra amin bo'lamiz. Jumladan, arab 
mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd ( 1332- 
1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda 
kattadir.
Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul- ibar» («Ibratli 
misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo'lib tovarning 
ikki xil xususiyatini — iste’mol qiymati va qiymat 
tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va 
qo'shimcha mehnat hamda zaruriy va qo'shimcha mahsulot 
tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni 
ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda 
mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi. 


 Foydalanilgan Adabiyot. 
1.Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T., 
„0‘zbekiston“,1999. 
2. ErgasltevT., Isinatov R. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. 
T. „Sharq“2001. 
3.lOpbeBa T.B. ComiajibHaH pbiHOHHart OKOHOMiiKa 
(yMe6miK). M., „PyccKaH aenoBafl aHTeparypa“, 1999. 
4. 0 ‘lmasov A., Sharifxo‘jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi.T., 
„Mehnat“, 1995. 
5. Karimov I. A. 0 ‘zbekiston—bozor munosabatlariga 
o'tishning o‘ziga xos yo‘li. T., „0‘zbekiston“, 1993. 
6. Amaliy iqtisodiyot (o‘quv qo'llanmasi). Tarjimonlar: I. 
Fozilov va boshqalar. T., „Sharq“, 1996. 
7. https://uz.wikipedia.org/ 
8. https://aim.uz/referaty/ 
9. https://t.me/ilm_timego/ 

Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling