So’ngi umid


Download 27.85 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1429213
Bog'liq
So\'ngi umid (Автосохраненный)


So’ngi umid"
Inson qayta tirilmaydigan darajada xayot sinovlaridan yiqilsa ham bir kuni yana oyoqqa turishga harakat qiladi. Chunki umid qilmoq yaratgan Allohimga taslim bo’lishning eng chiroyli ko’rinishidir.
O’rnimizdan turish uchun har doim harakat qilamiz, hammasini qaytadan boshlash kerakligini bilamiz. Aynan shu onda o’tmish xotiralaridan saboq olib, kelajakning o’lkan baxtli kunlarini orzu qilamiz.
Ba’zan kichik bir jasorat hammasini o’z o’rniga tushurish uchun kifoya qiladi. Eng qiyin vaziyatlardan ham chiqish yo’li hart doim mavjud bo’lgan. O’zingizni zulmatga qoldirmang, o’zingizni tark etmang. Agar tark etsangiz hech kim va hech qachon qalbingizga yaqinlasha olmaydi.
Duo, umid va sabir bilan go’zal qalbni to’ldiring, chunki bularning barchasi inson qalbini bahor faslidik go’zal va chiroyli hayotga aylantiradi.
Men Aliman o’sha hayot sinovlaridan yiqilib yana oyoqqa turmoqchi bo’lgan inson. Men haqimda o’qisangiz aslo o’rnimda bo’lishni istamas edingiz.
Meni sizga u anglatadi… “hammasi tugadi” deganimda hayotga so’ngi umid bilan qaytargan inson.
Bu shunday hikoya-ki o’zim aytib berishga na toqatim yetadi na istagim bor.
Chunki “barchasi tugadi” deganimda yangi bir umid bilan hayotga qaytishga va yashashni, keksayishni, qayta dunyoga kelish maqsadini o’sha yerda yakunlashni hohlar edim.
Men oilada yolg’iz farzand edim, otam yoshligimdanoq meni hayot sinovlariga qanday tayyor turish kerak ekanligini o’rgatishga harakat qilar edi. Ammo men hali go’dak bo’lganim uchunmi? bilmadim unchalik tushunib, tushunmas edim. Kunlarning birida otam meni yoniga chaqirib, “Ali o’g’lim! agar men senning yoningda bo’lmasam qo’lingni yuraginga bos va yurak urishini eshit! men har doim o’sh yeringda bo’laman” dedi. Otamga qarab “nimaga unaqa deyabsiz? yo aytganizni qilmaganimga jaxlingiz chiqdimi? dedim va otam menga qarab, yo’q o’g’im men sening yoningda har doim ham bo’lavermayman yaqinda uzoq safarga ketaman. O’shanda onang bilan seni tashlab ketaman. O’g’lim ali sen onangni extiyot qilishing kerrak, chunki sen yigit kishisan dedi. Men ushanda otamning ko’zlariga qaragancha… ota keyin qachon qaytasiz bizning yonimizga? Dedim va otam qo’lini mening yelkamga qo’ygancha, ha o’g’lim qaytaman dedi. Otam safarga ketishga bir necha kun qolganda otamning ahvoli yomonlashib boraverdi. Tez- tez qayt qilar ko’zlari ham allaqanday ko’rinishga kelib qolgan edi. Chuqur- chuqur nafas olib to’shakga yotib qoldi.
Onamdan otamning axvolini so’raganimda onam ko’ziga yosh kelgancha otaning ahvoli og’irligini aytdi. Men Onamga qarab otam o’ladimi? bizni tashlab ketadimi? dedim. Onam esa yoq! Nimaga unaqa deyabsan? Balki hali otang tuzalib ketadi. Men esa onamga aldayabsiz! Otam ham aldoqchi ekan! Safarga ketayabman degandi, tez kunlarda qaytaman degan edi.Otam ham aldoqchi ekan deb yugurganda hovlimizdan chiqib ketdim.Onam esa ko`zlarida yosh biloan qolib ketgan edi.
Kunlarning birida onam non yopish uchun tandirga o`tin qalashimni aydi.Men esa bolalar bilan o`ynab kelishimni aytdim.Onam esa sen uchun ham kulcha ham qilgan edim agar pishsa bolalar bilan yeysan deyishdi. Men shosha-pisha tandirga o`tin qalab ko`chaga bolalar bilan o`ynashga chiqib ketdim.Boroz vaqt o`tgach uyga qaydim, onam esa tandirga nonni tandirga yopayotgan edi.Men onamga qarab ona siz aytayortgan ko`lcha qachon pishadi? Deb suradim. Onam es shoshma bolam sabr qilsan hozir pishadi dedi o`sha mahal honadan otamning ovozi eshitildi va meni chaqirdi labbay ota dedim mendan piyolaga suv olib kelishimdi suradi, men jumrakdan piyolaga suv tuldurgancha honaga yugurdim otam nama suv desam otam jim turganchan joyidan qimirlamadi va onamni chaqirdim onam yugurib kelgancha ha bolam dedi men esa otam gapirrmayotganini aytdim.Onam qulimdanpiyolanini olgancha otamni honasiga kirdi otamni ko`rib payola qulidan ttushib ketdi. Yerga utirgancha dod solib yig`ladi. Onamni ovozidan qo`rqib men ham yig`lab yubordim otamga nima buldi ona desam, otang uzoq safarga ketdi deb yig`lagancha meni quchoqladi.
Men o’sha paytda endiggina 7 yoshda edim. Go’dak qalbim o’sha kundan boshlab zulmat qariga tushgan, mushdik boshim bilan o’lkan bir dard meni umrbod qamrab olgan edi. Otasizlik armoni bilan har kuni o’ksinib yig’ladim, onamdan otamni sog’inishimni aytar, Onam esa, bu kunlar ham o’tadi jon bolam yoningda men borman deb meni har kuni ovutishga urunadi. Onamning sochlariga o’sha kunidanoq oq oralay boshlagan edi.
Otamni yo’qotgan kundan boshlab mening yoshligimni ham qalbimning tub tubiga ko’mib qo’ygandim. Garchand hali go’dak bo’lsam da bu kunda ulg’ayganimni ich ichimdan his qila boshlagan edim. Otam menga bu hayotda haqiqiy erkak qanaqa yashash kerak ekanligini go’dakligimdanoq singdirib kelar edi.
Agar bu hayotda haq bo’lsam hech qachon boshimni efgmay yurishligimni aytar edi. Bu aytgan so’zlarini shu lahzada tushunib yetdim.
Bu hayotda otasizlik qanchalik qiyin ekanligini yol’giz o’zim bu tuyg’uni bilar edim.
Otam menga o’g’il bola yig’lamaydi, yigit kishi kuchli va irodali bo’lishi kerak ekanligini ko’p marotaba aytar edilar.
Ana shu so’zlargina meni bu hayot sinovlariga qanaqa qarash kerak ekanligini o’rgatdi.
Otamdan keyin yolg’iz onam ikkimiz bu hayot sinovlari bilan yashay boshladik. Onam men o’qiydigan maktabda farrosh bo’lab ishlar edi, men qanchalik o’qishni hohlasam da bizning yashashimiz uchun onam topgan puullar zo’rg’a hayot kechirishimizga yetar edi xolos. Men onamning qiynalib ishlashlariga ko’z yumib turaolmadim. Garchand mittigina yuragimdan hali hanuz armonli tuyg’ular meni tinch qo’ymas edi. Uning ustiga uyimiz ham anchagina eskirgan, yomgir yog’gan kunlari uy tomidan suv o’tar edi. Onam qancha ishlasa ham bu uyni tuzatishga qo’limiz kaltalik qilar edi.
Kunlar shu zayilda otib, kunlar , oylar ketidan esa yillar ham o’tdi. Yoshim ham ancha ulg’ayib, davlat imtixonlariga ham tayyorlanish vaqti keldi. Afsuski bizning moliyaviy imkoniyatimiz cheklangani bois do’stlarim qatori tayyorlov kurslariga boraolmadim. Nixoyat bir qarorga keldim ishlab pul topmasam bo’lmaydi, onam esa bolam! Sen o’qishing kerak meni o’ylama derdilar, men esa onamning meni deb qiynalmasliklarini istardim. Kun bo’yi ishlab, tunlari esa o’qir edim.
Onayi zorim esa men uchun tunu –kun ishlashga harakat qilar edilar. Kunlar shu zayl o’tib, imtixon topshirish vaqti ham keldi. Onam har kuni bomdod namozida Allohga iltijo qilar, Yoo Alloh yagona bolamning kelajagi o’zingdan so’rayman, Imtixonlarni yaxshi topshirishiga o’zingdan madad so’rayman, deya yig’lab duo qilar edilar. Oradan bir necha kun o’tgach qo’shni qiz o’qishga kirganligini aytib qoldi, men ham shosha pisha uyga yugurdim. Qalbimda qandaydur hayajon, yuragim esa twez urar edi. Darvozadan kirmasimdan ko’ziim onamning yig’ab o’tirganiga tushdi, ona nega yug’layabsiz so’radim hansirab. Onamning so’zlaridan hayotga bo’lgan qiziqishim yo’qolgan edi. Onam menning qo’limdan ushlab yupatishga urunar, hali hammasi yaxshi bo’ladi, bu yil nasib qilmadi peshonadi borida, kelasi yil albatta o’qishga kirasan InshaaAlloh deya so’zlarni ayti. Men esa alam bilan onamga jaxil qilib chiqib ketdim.
Onam o’tirgancha yig’lab qoldilar, bilmadim o’sha payt ko’nglidan nelar o’tgan…
Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling