So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan


Download 34.21 Kb.
bet10/10
Sana12.03.2023
Hajmi34.21 Kb.
#1264197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RAQAMLI

Oldingi tahrirga qarang.
9. Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi hisob raqamlar ochilsin:
a) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) daromad manbalari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lov summasining taqsimlanguniga qadar bo‘lgan 35 foizidan shakllantiriladigan maxsus hisob raqam;
b) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochiladigan daromad manbalari quyidagilardan iborat bo‘lgan maxsus hisob raqami:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,25 foizi;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlardan tushadigan mablag‘larning 0,5 foizi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Belgilansinki, abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun to‘lov, mablag‘larning tegishli qismi Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgandan so‘ng, boshqa oluvchilar orasida mablag‘larning qolgan qismidan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda taqsimlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
10. Belgilab qo‘yilsinki:
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan bitta shartnoma doirasida tanlovlarni faqat Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari o‘rtasida o‘tkazish huquqiga ega;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.
11. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari tomonidan ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) va opsion-shartnomalarni tuzish tartibini belgilash bo‘yicha taklif kiritsin.
12. “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona integrator bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimini ishlab chiqsin.
13. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
Agentlik bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining unga tegishli barcha mol-mulk va asbob-uskunalari bilan birgalikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda topshirilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibini belgilasin.
Vazirlik 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3549-son qarori 4-bandi, shuningdek, qarorga 2 — 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-aprel,
PQ-4699-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga
1-ILOVA
Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling