Sonlar haqida tushuncha
Download 19.83 Kb.
|
Sonlar haqida tushuncha
Sonlar haqida tushuncha 1.Sanashda, kundalik hayotimizda ishlatiladigan sonlar Natural sonlar to'plamideyiladi. Natural sonlar to'plamikatta N harfi bilan belgilanadi. N = {1, 2, 3, 4, 5, 6, ... } Natural o'z navbatida toq va juft, tub va murakkab sonlarga bo'linadi. Toq sonlar deb 2 ga karrali bo'lmagan sonlar yoki bo'lmasa 2n-1 (n bu yerda istalgan natural son)formulasiga mos keladigan sonlar. N1= {1, 3, 5, 7, ..., 2n-1, 2n+1, ... } Juft sonlar deb 2 ga karrali bo'lgan sonlarga aytiladi. N2= {2, 4, 6, 8, 10, 12, ..., 2n-2, 2n, ... } Tub sonlar deb faqat o'ziga va 1 bo'linadigan sonlarga aytildi. Eng kichik tub son bu 2. N3= {2, 3, 5, 7,11, 13, ...} Tub son — birdan katta natuaral son boʻlib, ikkita natural boʼluvchiga ega: 1 va oʻzi. Tub sonlarni xossalarini oʻrganuvchi fan Sonlar nazariyasi deb ataladi. Tub sonlar ketma ketligi quyidagilardan boshlanadi: 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, 29, 31, 37, 41, 43, 47, 53, 59, 61, 67, 71, 73, 79, 83, 89, 97, 101, 103, 107, 109, 113 Murakkab sonlar deb 1 va o'zidan boshqa biror bir bo'linuvchiga ega bo'lgan sonlarga aytiladi. N4= {4,6, 8, 9, 10, ...} Butun sonlar to'plamiga natural sonlar, 0 va natural sonlarga qarama-qarshi sonlar kiradi. Butun sonlar to'plamikatta Z harfi bilan belgilanadi. Z = {... -n, ..., -2, -1, 0, 1, 2, ..., n, ...} 3.Ratsional sonlar to'plami deb kasr (m∈Z, n∈N) ko'rinishida ifodalanib bo'ladigan sonlarga aytiladi. Ratsional sonlar to'plami katta Q harfi bilan belgilanadi. 4.Irratsional sonlar to'plamideb cheksiz, davriv bo'lmagan o'nli kasrlarga aytiladi. Masalanπ=3.14…,❑√2❑,3√9❑,5.Haqiqiy sonlar to'plami katta R harfi bilan belgilanib, R = {x; -∞< x < +∞} sonli oraliqlarni o’z ichigaoladi. Download 19.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling