Sonlarni qo‘zg‘almas va qo ‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash


· Axborot mA‘lum darajada qimmatli


Download 485 Kb.
bet3/12
Sana24.03.2023
Hajmi485 Kb.
#1292800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mahliyoxon

· Axborot mA‘lum darajada qimmatli bo‘lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, “30 sentabr kuni tantana o‘tkaziladi” degan axborot 1 noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi.

· Axborot to‘liqlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim, ya‘ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda noto‘g‘ri tushunishga yoki xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning “Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin”, – degan axboroti to‘liq emas. Chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi nomA‘lum.

· Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning “matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi”, – degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilishingiz qiyin emas.
Biror-bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi undan foydalanib bo‘lmasligiga olib keladi. Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta‘kidlab o‘tish joiz.


2-§Axborotlarni kodlash
Axborotlarni kodlash ma‘lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo‘lgan ko‘rinishda ifodalashdir. Tor ma‘noda aytganda “kodlash” atamasi, ma‘lum bir ma‘lumotning bir ko‘rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo‘lgan boshqa ko‘rinishga o‘tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko‘rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Boshqa barcha ma‘lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko‘rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o‘tkazish uchun, ma‘lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo‘lmagan vaqt oralig‘ida o‘lchab, har bir o‘lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul qilingan ma‘lumotlarni o‘zgartirish mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog‘lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma‘lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar to‘plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko‘ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida ifodalanadi(insonlar qanchalik o‘rganib qolishgan bo‘lsa ham , o‘nlik sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o‘qish uchun chiqarishda inson o‘nlik formada amalga oshishiga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham, barcha zarur o‘zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi.


Download 485 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling