Sonlarni qo‘zg‘almas va qo ‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash
Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash
Download 485 Kb.
|
Mahliyoxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash
- Kompyuterda axborotlarning ko‘rinishi
Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash. Sonni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash uchun kompyuter xotirasining katakchasi ishora va raqamlarga mo‘ljallangan xonalarga ajratiladi. Katakchaning xonalari odatda, chapdan o‘ngga tomon raqamlar bilan tartiblanadi. Katakchaning bitta xonasiga sonning bir xonasi mos keladi. Bunday sonning butun va kasr qismini ajratadigan vergulning o‘rni oldindan belgilanadi.
Qo‘zg‘almas vergulli tasvirlangan sonlar ustida amallar juda sodda bajariladi, chunki vergulning o‘rni o‘zgarmaydi. Shuning uchun xonalardagi raqamlarni mos ravishda qo‘shib qo‘yish yetarli. Bu usulning kamchiligi, ishlatiladigan sonlarning chegaralanganligidadir. Haqiqatan EHM 24 xonali xotira katakchasiga ega bo‘lib vergul 10-xonadan keyin qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda xotira katakchasidagi absolyut qiymati bo‘yicha eng katta son. Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash. Q asosli sanoq sistemasidagi ixtiyoriy a soni (a==0) bu usulda quyidagicha tasvirlanadi: a = M*Q , bu yerda M - a sonining mantissasi deyiladi va u musbat to‘g‘ri kasrdan iborat, r - a sonining tartibi deyiladi va u butun son. Q - sanoq sistemasining asosi. Bu usulda tasvirlashning kamchiliklari sonni tasvirlashda belgilar sonining ko‘payib ketishi va shu bilan mos holda arifmetik amallarni bajarish jarayonining murakkablashib yuborishidan iborat. Xotira katakchasida sonlarni tasvirlashning ikki usulini ko‘rib chiqdik. Shuni aytish kerakki, kompyuterda faqat sonlarni emas, balki turli belgilarni ham tasvirlab ishlatish mumkin. Bunday belgilar ham xotira katakchalarida ularda mos ikkilik kodlari orqali tasvirlanadi. Kompyuterda axborotlarning ko‘rinishi: Yuqorida aytilganidek, kompyuter faqat sonli ko‘rinishdagi mA‘lumotlarni qayta ishlay oladi. Har qanday boshqa ma‘lumotlarni (tasvir, tovush, harf, raqam, har xil tinish belgilari va h.k.) kompyuterda qayta ishlash uchun ularni sonli ko‘rinishda tasvirlash kerak. Kompyuterda sanoq tizimi uchun ikkilik sanoq tizimi olingan. Shuning uchun har qanday ma‘lumotni kompyuterda qayta ishlanadigan bo‘lsa, uning ikkilik sanoq tizimida ko‘rinishi bilan ish olib borish "bit" deb (yuritiladi) olinadi. 8 ta "bit" ni bir bayt deb nomlangan. Bitta belgi bir baytda ifodalanadi. Hozirgi paytda kompyuterda ishlatiladigan belgilar soni 256 ta. Bularga 10 ta arab raqamlari, 26 ta lotin katta va kichik harflari, katta va kichik rus harflari, har xil arifmetik va tinish belgilari hamda maxsus belgilar kiradi. 1024 baytni bir kilobayt (1K bayt); 1024 K baytni bir megabayt (1M bayt); 1024 M baytni bir gigabayt (1G bayt) deb ataladi Download 485 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling