Аxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi Ma’ruza rejasi


Download 223.01 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi223.01 Kb.
#1044842
  1   2   3
Bog'liq
7 mavzu

Аxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

Ma’ruza rejasi:

1. Аxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.

2. Kompyuterlarda sonlarning qoʼzgʼalmas vergulli va qoʼzgʼaluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi.

3. Аxborotni kodlash: toʼgʼri, toʼldirish, teskari va modifikatsiyalashgan kodlar.


Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash. Sonni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash uchun kompyuter xotirasining katakchasi ishora va raqamlarga mo‘ljallangan xonalarga ajratiladi. Katakchaning xonalari odatda, chapdan o‘ngga tomon raqamlar bilan tartiblanadi. Katakchaning bitta xonasiga sonning bir xonasi mos keladi. Bunday sonning butun va kasr qismini ajratadigan vergulning o‘rni oldindan belgilanadi.
Qo‘zg‘almas vergulli tasvirlangan sonlar ustida amallar juda sodda bajariladi, chunki vergulning o‘rni o‘zgarmaydi. Shuning uchun xonalardagi raqamlarni mos ravishda qo‘shib qo‘yish yetarli.
Bu usulning kamchiligi, ishlatiladigan sonlarning chegaralanganligidadir. Haqiqatan EHM 24 xonali xotira katakchasiga ega bo‘lib vergul 10-xonadan keyin qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda xotira katakchasidagi absolyut qiymati bo‘yicha eng katta son.
Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash. Q asosli sanoq sistemasidagi ixtiyoriy a soni (a==0) bu usulda quyidagicha tasvirlanadi: a = M*Q , bu yerda M - a sonining mantissasi deyiladi va u musbat to‘g‘ri kasrdan iborat, r - a sonining tartibi deyiladi va u butun son. Q - sanoq sistemasining asosi.
Bu usulda tasvirlashning kamchiliklari sonni tasvirlashda belgilar sonining ko‘payib ketishi va shu bilan mos holda arifmetik amallarni bajarish jarayonining murakkablashib yuborishidan iborat.
Xotira katakchasida sonlarni tasvirlashning ikki usulini ko‘rib chiqdik. Shuni aytish kerakki, kompyuterda faqat sonlarni emas, balki turli belgilarni ham tasvirlab ishlatish mumkin. Bunday belgilar ham xotira katakchalarida ularda mos ikkilik kodlari orqali tasvirlanadi.

Axborotni kompyuterda tasvirlash


Kompyuter fakat sonli ko’rinishda ifodalangan axborotni kayta ishlay oladi. Shuning uchun kompyuterda kayta ishlanishi lozim bo’lgan axborotni sonli ko’rinishda tasvirlash kerak. Boshlangich ma‘lumot kompyuterga kiritilishi jarayonida har bir rakamga, harfga va belgiga ma‘lum bir son mos quyiladi. Kelgusida kompyuterga ishlatiladigan barcha harflarni, rakamlarni va belgilarni kiskarok belgi yoki simvol deb ishlatamiz. Belgilar bilan ularga mos quyiladigan sonlar orasida moslik o’rnatish belgilarni kodlash deyiladi.
Kompyuterda barcha belgilar 0 va 1 rakamlari yordamida kodlanadi. Bunday kodlash ikkili kodlash deyiladi. 0 va 1 rakamlari bitlar deb ataladi. Bu atama quyidagi ingliz so’zlarida kelib chikkan: binary digit – ikkilik rakamlar. Har bir belgi 8 ta 0 va 1 lar ketma-ketligi ko’rinishida kodlanadi. Masaslan, katta A harfining kodi, 9 rakamining kodi, + va ) belgilarining kodi quyidagicha.
А - 01000001 + - 00101011
9 - 00110011 ) - 00101001

Download 223.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling