Аxborotlarning kompyuterda tasvirlanishi Ma’ruza rejasi


Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari


Download 223.01 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi223.01 Kb.
#1044842
1   2   3
Bog'liq
7 mavzu

Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari


Sakkizta 0 va 1 larning ketam-ketligi bir bayt deyiladi. Demak, har bir belgi bayt 8 bitga barobar. Berilgan ma‘lumotdagi belgilar sonini sanab, ma‘lumotning axborot xajmi tushunchasini kiritish mumkin. Masalan, “Hisoblash texnikasi fani” degan ma‘lumotning axborot xajmi 23 ta baytdan iborat.
Bit va bayt bilan birga ulardan kattarok axborotning quyidagi o’lchov birliklari ham mavjud.
1 Kilobayt = 210 bayt = 1024 bayt ≈ ming bayt
1 Megobayt = 2 20 bayt = 1024 x 1024 bayt ≈ million baytdan ko’proq
1 Gigobayt = 2 30 bayt= 1024 x1024x1024bayt ≈ milliard baytdan ko’proq.
Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash. Sonni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash uchun kompyuter xotirasining katakchasi ishora va raqamlarga mo‘ljallangan xonalarga ajratiladi. Katakchaning xonalari odatda, chapdan o‘ngga tomon raqamlar bilan tartiblanadi. Katakchaning bitta xonasiga sonning bir xonasi mos keladi. Bunday sonning butun va kasr qismini ajratadigan vergulning o‘rni oldindan belgilanadi.
Qo‘zg‘almas vergulli tasvirlangan sonlar ustida amallar juda sodda bajariladi, chunki vergulning o‘rni o‘zgarmaydi. Shuning uchun xonalardagi raqamlarni mos ravishda qo‘shib qo‘yish yetarli.
Bu usulning kamchiligi, ishlatiladigan sonlarning chegaralanganligidadir. Haqiqatan EHM 24 xonali xotira katakchasiga ega bo‘lib vergul 10-xonadan keyin qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda xotira katakchasidagi absolyut qiymati bo‘yicha eng katta son.
Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash. Q asosli sanoq sistemasidagi ixtiyoriy a soni (a==0) bu usulda quyidagicha tasvirlanadi: a = M*Q , bu yerda M - a sonining mantissasi deyiladi va u musbat to‘g‘ri kasrdan iborat, r - a sonining tartibi deyiladi va u butun son. Q - sanoq sistemasining asosi.
Bu usulda tasvirlashning kamchiliklari sonni tasvirlashda belgilar sonining ko‘payib ketishi va shu bilan mos holda arifmetik amallarni bajarish jarayonining murakkablashib yuborishidan iborat.
Xotira katakchasida sonlarni tasvirlashning ikki usulini ko‘rib chiqdik. Shuni aytish kerakki, kompyuterda faqat sonlarni emas, balki turli belgilarni ham tasvirlab ishlatish mumkin. Bunday belgilar ham xotira katakchalarida ularda mos ikkilik kodlari orqali tasvirlanadi.

Nazorat savollari:

  • Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash deganda nimani tushunasiz?
  • Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash deganda nimani tushunasiz?
  • Axborotni kompyuterda tasvirlashning qanday usullari bor?
  • Axborotni kodlashning qanday usullari bor?
  • Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari deganda nimani tushunasiz?

E'tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 223.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling