Ахборотларнинг компьютерда тасвирланиши. Modifikatsiyalshgan kodlar


Download 24.54 Kb.
bet1/3
Sana08.09.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1674534
  1   2   3
Bog'liq
Ахборотларнинг компьютерда тасвирланиши


Ахборотларнинг компьютерда тасвирланиши. Modifikatsiyalshgan kodlar.
Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
Kompyuterlarda sonlarning qo‘zg‘almas vergulli va qo‘zg‘aluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi.
Axborotni kodlash: to‘g‘ri, to‘ldirish, teskari va modifikatsiyalashgan kodlar.


Ma’lumki, kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus qurilmada tokning borligi yoki tok yo‘qligi holatlarini axborot deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash sistemasi kamida ikkita belgidan iborat bo‘lishi yetarli. Shu asosida axborotlarni kompyuterda kodlash bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqamiz.
Kompyuter fakat sonli ko’rinishda ifodalangan axborotni kayta ishlay oladi. Shuning uchun kompyuterda kayta ishlanishi lozim bo’lgan axborotni sonli ko’rinishda tasvirlash kerak. Boshlangich ma‘lumot kompyuterga kiritilishi jarayonida har bir rakamga, harfga va belgiga ma‘lum bir son mos quyiladi. Kelgusida kompyuterga ishlatiladigan barcha harflarni, rakamlarni va belgilarni kiskarok belgi yoki simvol deb ishlatamiz. Belgilar bilan ularga mos quyiladigan sonlar orasida moslik o’rnatish belgilarni kodlash deyiladi.
Kompyuterda barcha belgilar 0 va 1 rakamlari yordamida kodlanadi. Bunday kodlash ikkili kodlash deyiladi. 0 va 1 rakamlari bitlar deb ataladi. Bu atama quyidagi ingliz so’zlarida kelib chikkan: binary digit – ikkilik rakamlar. Har bir belgi 8 ta 0 va 1 lar ketma-ketligi ko’rinishida kodlanadi. Masaslan, katta A harfining kodi, 9 rakamining kodi, + va ) belgilarining kodi quyidagicha.
А - 01000001 + - 00101011
9 - 00110011 - 00101001


Kompyuterlarda sonlarning qo‘zg‘almas vergulli va qo‘zg‘aluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi.
Sonni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash uchun kompyuter xotirasining katakchasi ishora va raqamlarga mo‘ljallangan xonalarga ajratiladi. Katakchaning xonalari odatda, chapdan o‘ngga tomon raqamlar bilan tartiblanadi. Katakchaning bitta xonasiga sonning bir xonasi mos keladi. Bunday sonning butun va kasr qismini ajratadigan vergulning o‘rni oldindan belgilanadi.
Qo‘zg‘almas vergulli tasvirlangan sonlar ustida amallar juda sodda bajariladi, chunki vergulning o‘rni o‘zgarmaydi. Shuning uchun xonalardagi raqamlarni mos ravishda qo‘shib qo‘yish yetarli.
Bu usulning kamchiligi, ishlatiladigan sonlarning chegaralanganligidadir. Haqiqatan EHM 24 xonali xotira katakchasiga ega bo‘lib vergul 10-xonadan keyin qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda xotira katakchasidagi absolyut qiymati bo‘yicha eng katta son.
Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash. Q asosli sanoq sistemasidagi ixtiyoriy a soni (a==0) bu usulda quyidagicha tasvirlanadi: a = M*Q, bu yerda M - a sonining mantissasi deyiladi va u musbat to‘g‘ri kasrdan iborat, r - a sonining tartibi deyiladi va u butun son. Q - sanoq sistemasining asosi.
Bu usulda tasvirlashning kamchiliklari sonni tasvirlashda belgilar sonining ko‘payib ketishi va shu bilan mos holda arifmetik amallarni bajarish jarayonining murakkablashib yuborishidan iborat.
Xotira katakchasida sonlarni tasvirlashning ikki usulini ko‘rib chiqdik. Shuni aytish kerakki, kompyuterda faqat sonlarni emas, balki turli belgilarni ham tasvirlab ishlatish mumkin. Bunday belgilar ham xotira katakchalarida ularda mos ikkilik kodlari orqali tasvirlanadi.

Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling