Sonlarni raqamlar bilan yozing
Download 21.75 Kb.
|
5-sinf Nazorat-1
1-NAZORAT ISHI. 1-variant Sonlarni raqamlar bilan yozing: 60 million 5 ming 40 b) ikki yuz milliard besh yuz olti ming qirq. 10 965 sonini yuzlar xonasigacha chamalang va yaxlitlang. Qulay usulda hisoblang: (5 471+39 999)+10 001 b) 8 593+(1 407-999) Ukasi x yoshda, akasi undan 5 yosh katta. Akasining yoshini topish uchun ifoda tuzing va x=10 da uning qiymatini toping. Avtobusda 64 ta yo’lovchi bor edi. Avtobusdan birinchi bekatda yo’lovchilarning yarmi, ikkinchi bekatda yana qanchadir yo’lovchi tushdi va natijada avtobusda 17 ta yo’lovchi qoldi. Ikkinchi bekatda qancha yo’lovchi tushgan? 2-variant Sonlarni raqamlar bilan yozing: 7 million 37 ming 8, b) o’n milliard olti yuz ellik ming uch. 29 041 sonini yuzlar xonasigacha chamalang va yaxlitlang. Qulay usulda hisoblang: 1 999+(4 801+15 200) b) (6 112+1 596)-496 Asal a yoshda. Sobir undan 7 yosh kichik. Sobirning yoshi qancha? Asalning yoshi 14 ga teng bo’lganda, Sobir necha yosh bo’ladi? Omborga ertalab 270 qop un olib kelindi. Tushgacha keltirilgan unning uchdan bir qismi va tushdan keyin yana qanchadir un sotilgach omborda 80 qop un qoldi. Tushdan keyin qancha un sotilgan? 2-NAZORAT ISHI. 1-variant Qulay usulda hisoblang: 125 ∙ 80 ∙ 4 Bo’lishni bajaring: 22 914 000 ∶ 6 030 Agar bo’linuvchi 1 507 ga, bo’luvchi 17 ga teng bo’lsa to’liqsiz bo’linmaning qiymati nechaga teng bo’ladi? Ifodaning qiymatini toping: 78 ∙ 214 – 78 ∙ 204 7 qatorning har biriga 24 tadan pomidor ko’chati ekildi. So’ng bu qatorlarning har biriga yana 8 tadan qo’shimcha ko’chat ekildi. Jami necha tup ko’chat ekilgan? 2-variant Qulay usulda hisoblang: 250∙3∙40 Bo’lishni bajaring: 4 645 671 ∶ 8 493 Agar bo’luvchi 69 ga, bo’linuvchi 1 528 ga teng bo’lsa qoldiqning qiymati nechaga teng bo’ladi? Ifodaning qiymatini toping: 85 ∙ 137 – 75 ∙ 137 Yangi o’quv yili uchun 38 ta sinf xonasining har biriga 16 donadan parta-stul to’plami keltirildi. Keyin yana 4 tadan to’plam olib kelindi. Maktabga jami nechta parta-stul to’plami keltirilgan? 3-NAZORAT ISHI. 1-variant Ifodada amallar tartibini belgilang va hisoblang: 2080∶(1222-26∙27)+128 Hisoblang: Tenglamani ildizini toping: m∙m∙m=216 Ikki sonning yig’indisi 549. Sonlardan biri ikkinchisidan 8 marta kam. Shu sonlarni toping. 7 hissa suvga 2 hissa tuz qo’shib aralashma hosil qilindi. 18 kg aralashma hosil qilish uchun qancha tuz kerak bo’ladi? 2-variant Ifodada amallar tartibini belgilang va hisoblang: (25∙19-1800∶75)∙11-221 Hisoblang: Tenglamani ildizini toping: n∙n∙n=125 Ikki sonning yig’indisi 378. Sonlardan biri ikinchisidan 5 marta ko’p. Shu sonlarni toping. Muzqaymoqning 5 qismi sut, 2 qismi sariyog’ va 2 qismi shakardan iborat. 1 kg 350 g muzqaymoq tayyorlash uchun qancha sut kerak? Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling