Sonli jadval ko’rinishida berilgan aхborotlarni ko’rgazmali namoyish
Download 305.31 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza 270d3641daeefa3878da27b6d9822adf
Tayanch so’zlar va iboralar jadval protsessori, formulalar, elektron, arifmetik amallar, sonli ifodalar, ishchi varaq, sarlavhalar qatori, Diagramma, to’r (setka), ranglarni o’zgartirish, xalqasimon, aktivlashtirish, chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi. Diagramma, to’r (setka), ranglarni o’zgartirish, xalqasimon, aktivlashtirish, chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi. .
2
Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o’zgarmas holatda bo’lmaydi, balki har doim uning shaklini o’zgartirib turish va maхsus bichimlash atributlarini qo’shish, yangi ma’lumotlar to’plami bilan to’ldirish, mavjud ma’lumotlar to’plamini boshqa diapazon katakchalardan foydalanadigan qilib ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Boshqa grafik ob’yektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish ham mumkin. Uning o’lchamlarini, nisbatlarini o’zgartirish, chegaralarini to’g’rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o’zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha ko’rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo’ladi. Bunda diagrammalar aktivlashib, EХCEL menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko’rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga joylashtirish mumkin. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda bir nechta diagramma tuzmoqchi bo’lsangiz, unda har birini alohida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko’rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul ko’rilgan diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu holda diagramma varag’ining muqova yorlig’iga mos nomlar berish mumkin.
Download 305.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling