Sonli jadval ko’rinishida berilgan aхborotlarni ko’rgazmali namoyish
Download 305.31 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza 270d3641daeefa3878da27b6d9822adf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «MASTER DIAGRAMM»
2.«MASTER DIAGRAMM» (DIAGRAMMALAR USTASI) BILAN ISHLASH «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni hosil qilishda EХCEL qo’shimcha ko’rsatmasiz, qabul qilingan turini ko’radi. Agar «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) qo’llanilsa, unda EХCEL bir nechta turini tanlab olish imkoniyatini beradi. «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi uskunalar panelida quyidagi ko’rinishga ega:
«MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) ning muloqot darchasining umumiy ko’rinishi quyidagicha «MASTER DIAGRAMM» yordamida joriy qilingan diagrammalar ko’rish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Diagramma uchun kerakli ma’lumotlar ajratib olinadi va «Vstavka» (Qo’yish)—
2. Diagramma uchun kerakli ma’lumotlar ajratib olinib, sichqoncha ko’rsatkichi «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasiga olib kelinadi va bosiladi. Ma’lumotlarni ajratib olishda diapazonga qator va ustun sarlavhasi kabi elementlarni ham kiritish tavsiya etiladi. Ma’lumotlar ajratib ko’rsatilgandan so’ng «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) ishga tushiriladi. 1. Agar «MASTER DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi)ni ishga tushirish oldidan katakchalar diapazoni belgilangan bo’lsa, unda diapazon manzili Diapazon maydonchasida hosil bo’ladi. Aks holda diagramma uchun ma’lumotlarni o’z ichiga olgan katakchalar diapazoni ko’rsatilishi zarur. Diapazonni ko’rsatish qo’lda yoki to’g’ridan-to’g’ri varaqda ko’rsatilgan holda amalga oshirilishi mumkin
3
2.Ikkinchi bosqichda tuzilayotgan diagrammaning asosiy ko’rinishini aniqlash kerak. Diagrammalarning asosiy ko’rinishlari 14ta bo’lib, ular shartli belgilar, piktogrammalar ko’rinishida keltirilgan. 3.Bu bosqichda tanlab olingan diagrammalarning turli ko’rinishlari ko’rsatiladi. 4.To’rtinchi bosqichda ma’lumotlar guruhini tanlab olish (satrda, tugmachada) va qanday ma’lumotlarni sarlavхa sifatida olish kerakligi ko’rsatiladi. Namuna darchasida siz diagrammalar ko’rinishlarini nazorat qilib borishingiz mumkin. 5.Beshinchi bosqichda nomlar mazmuni va koordinata o’qlarining mazmuni aniqlashtiriladi. Alohida varaqda yangi diagramma yaratish uchun ma’lumotlar ajratib olinib, F11 tugmasi bosiladi. Natijada yangi diagramma varag’i hosil bo’ladi va alohida ko’rsatmasiz yaratiladigan diagramma ko’rinishi hosil bo’ladi. Diagramma asosiy belgilangan diapazon ma’lumotlaridan tuziladi va bunda «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ishtirok etmaydi.
Download 305.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling