Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari
Download 0.83 Mb.
|
8-sinf algebra fanidan dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari yuzasidan vaqt taqsimoti.
- Darsning borishi
- O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik
- Yangi mavzu: Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari
- 1-teorema. Agar a > b va b > c bo’lsa, u holda a > c bo’ladi. 2-teorema.
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- O’quvchilarni baholash.
- 1-savol
- 3-savol
Darsning shiori
A’lo o’qish burchimiz, unga yetar kuchimiz! Darsning rejasi: Kirish: Salomlashish Guruhlar nomlanishi Asosiy qism: O’tilgan mavzularni takrorlash (Elektron darslik yordamida) O’quvchilar bilan tezkor savol-javoblar Testlar bilan ishlash (Elektron darslik yordamida) Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni Yangi mavzuni mustahkamlash Uyga vazifa berish Xulosa: Sonli tengsizliklarning asosiy xossalarini kundalik hayotimizda uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olish. Dars bosqichlari yuzasidan vaqt taqsimoti.
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. 2.O’tilgan mavzuni takrorlash. 3.O’quvchilarni darsga jalb qilish. Tashkiliy qism: a) Salomlashish b) Yo'qlama qilish. g) Sinf tozaligiga e’tibor. Siyosiy daqiqa: 1. Vatanimizda tug’ilgan buyuk allomalar haqida ayting? 2. Yoshlar ittifoqining birinchi raisi kim? 3. Harakatlar strategiyasini ayting? Vatan bu ostonadan boshlanadi. Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan joy. Vatan bu o’tirgan partamiz. Vatan bu ona allasidan boshlanadi. 4. Davlatimiz Mustaqil bo`lib o`zining nimalariga erishdi? 5. Bu yil qanday yil? 6. Uning davlatimizdagi qanday islohotlarini bilasiz? 7. Davlat gerbi qachon qabul qilingan? 8. O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i qachon qabul qilingan? 9. Bayrog’imiz haqida sherlar bilasizmi? 10. Madhiya qachon qabul qilingan? 11. Konstitutsiya qachon qabul qilingan? 12. Bu yil Mustaqillik bayramini necha yilligini nishonladik? O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash. Yangi dars maqsadini tushuntirish. 1. Qachon a son b sondan katta (kichik) deyiladi? Misollarda tushuntiring. 2. Sonlami taqqoslash deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring. 3. a > b tengsizlik geometrik nuqtayi nazardan nimani bildiradi? Bu tcngsizlikda a va b sonlaming ishoralan qanday bo'lishi mumkin? Barcha hollami qarang. Tezkor savollar. Natural son deb nimaga aytiladi? Kesma deb nimaga aytiladi? Eng kichik natural son nechaga teng? Son qatnashgan maqollardan ayting? Nur bilan kesmaning qanday farqi bor? Eng katta natural sonni ayting? Uzunlik o’lchov birliklarini sanang. Og’irlik o’lchov birliklarini sanang. 21 dm 9sm necha sm ga teng? Natural sonlarni qo’shish xossalarini ayting. Hozir qaysi fasl va bu fasl nomini ingliz tilida ayting. 5 kg 998 g ni gramlarda ifodalang. Natural sonlarni ayirish xossalarini ayting. Tenglama deb nimaga aytiladi? Sonli ifada deb nimaga aytildi? Sonli ifoda bilan harhiy ifodaning qanday farqi bor? Yangi mavzu: Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari Mavzu elektron darsliklar yordamida tushuntiriladi. Bu paragrafda sonli tengsizliklarning odatda asosiy deb taladigan xossalari qaraladi, chunki ulardan tengsizliklarning boshqa xossalarini isbotlashda va ko’pgina masalalarni yechishda foydalaniladi. 1-teorema. Agar a > b va b > c bo’lsa, u holda a > c bo’ladi. 2-teorema. Agar tengsizlikning ikkala qismiga ayni bir son qo’shilsa, u holda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi. Natija. Istalgan qo’shiluvchini tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga shu qo’shiluvchining ishorasini qarama-qarshisiga almashtirgan holda ko’chirish mumkin. 3-teorema. Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa ko’paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi. Agar tengsizlikning ikkala qismi bir manfiy songa ko’paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o’zgaradi. Natija. Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa bo’linsa, u holda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi. Agar tengsizlikning ikkala qismi bir manfiy songa bo’linsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o’zgaradi. 2- va 3- xossalaiga quyidagicha geometrik talqin berish mumkin: 1) agar a nuqta son o'qida b nuqtadan o'ngrcqda yotsa hamda a va b nuqtalami bir xil c masofaga siljitilsa, u holda a + c nuqta b + c nuqtaga qaraganda o‘ngroqdajoylashaveraai (1- rasmga qarang); 2) a va b umumiy c balandlikka ega bo‘lgan ikkita to‘g‘ri to'rtburchakning asoslari bo'lsin. U holda ac, bc — shu to‘g‘ri to'rtburchaklarning yuzlari va a > b bo‘lgani uchun ac > bc bo‘lishi 2- rasmdan ravshan; 3) -2 < 1 tengsizlikning ikkala qismini awal 2 ga, so‘ng (-2) ga ko'paytiraylik (3- rasm). Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Quyidagi tasdiqlarni isbotlang 1) agar a – 2 < b va b < 0 bo’lsa, u holda a – 2 – manfiy son; 2) agar a2 – 5 > a va a > 1 bo’lsa, u holda a2 – 5 > 1. 2. Agar: 1) a > b va b > 1; 2) a < b va b < -2; 3) a – 1 < b va b < -1; 4) a + 1 > b va b < 1 bo'lsa, u holda a musbat son bo’ladimi yoki manfiy son bo’ladimi ? 3. – 2 < 4 tengsizlikning ikkala qismiga 1) 5; 2) – 7 sonini qo’shish natijasida hosil bo’ladigan tengsizlikni yozing. 4. 2a + 3b > a – 2b tengsizlikning ikkala qismiga 1) 2b; 2) – a sonni qo’shish natijasida hosil bo’ladigan tengsizlikni yozing. O’quvchilarni baholash. O’quvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlash, guruhlardagi faolligi, yangi mavzuni mustahkamlash jarayonidagibmustaqil va erkin fikrlashlari kuzatiladi va baholanadi. PISA savollari (PISA elektron mashq daftari yordamida) O‘YIN KUBCHALARI Rasmdagi 6 ta kubcha a, b, c, d, e, f harflari bilan belgilangan. Har bir kubchaning qarama-qarshi yoqlaridagi nuqtachalar yig‘indisi yettiga teng. Har bir kubchaning pastki yog‘idagi nuqtalar sonini aniqlab, jadvalni to‘ldiring. O‘SMIRLAR Grafikda 1998-yili Niderlandiyalik yigit va qizlarning o‘rtacha bo‘yi o‘sishining yoshiga bog‘liqligi keltirilgan: 1-savol:1980-yilga nisbatan 1998-yilda 20 yoshli qizlarning o‘rtacha bo‘yi 2,3 сm ga oshib, 170,6 сm ga teng bo‘ldi. 1980-yilda bu ko‘rsatkich qanday bo‘lgan? 2-savol: Grafik yordamida 12 yoshdan keyin qizlarning o‘rtacha bo‘y o‘sishi sekinlashishini tushuntirib bering. 3-savol: Grafikdan foydalanib, qaysi yoshda qizlarning o‘rtacha bo‘yi shu yoshdagi o‘g‘il bolalarning o‘rtacha bo‘yidan baland bo‘lishini aniqlang. Uyga vazifa: 186-187-masalalar. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling