Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni yaxlitlash sinfda bajariladigan topshiriqlar
Download 217.69 Kb. Pdf ko'rish
|
38.SONNING TAQRIBIY QIYMATI. SONLARNI YAXLITLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyda bajariladigan topshiriqlar
SONNING TAQRIBIY QIYMATI. SONLARNI YAXLITLASH Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1. Quyidagi taqribiy tengsizhklarni o‘qing. Sonlar qaysi xonagacha yaxlitlanganini aniqlang:
2.
joylashgan? Kasr bu sonlardan qaysinisiga yaqinroq?
a) 3 < 3,24 < 4. Bu son 3 ga yaqinroq, chunki 3 gacha bo‘lgan masofa: 3,24 - 3 = 0,24, 4 gacha bo‘lgan masofa esa: 4 - 3,24 = 0,76 va 0,24 < 0,76. 3. Tengsizhklarni o‘qing. O‘rtada turgan sonning kami bilan va ko‘pi bilan olingan taqribiy qiymatlarini ayting. O‘rtada turgan son ikki chekkada turgan sonlarning qaysi biriga yaqin?
4.
5 . O‘nli kasrlarni yaxlitlang. a) o‘ndan birlar xonasigacha: 0,364; 1,23; 0,919; 4,0785; b) yuzdan birlar xonasigacha: 0,7348; 1,19105; 2,67903; 11,87412; d) mingdan birlar xonasigacha: 2,9013; 0,07454; 3,2478; 0,9093; e) yuzlar xonasigacha: 3242; 176082; 82352,14; 10032,983. 6. Filning massasi 5879 kg. Filning massasi taxminan necha tonna? 7. Yer sharining eng baland nuqtasi Jomolungma (yoki Everest) cho‘qqisi bo‘lib, uning balandligi 8848 m. Bu balandlikni kilometrgacha yaxlitlang. 8. Dunyoning eng chuqur joyi Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi hisoblanadi. Uning chuqurligi - 11 022 m. Uni km gacha yaxlitlang. 9. Dunyo aholisi 2010- yilga kelib 6 821 372 900 kishiga yetdi. Dunyo aholisi sonini a) minggacha; b) milliongacha; d) milliardgacha yaxlitlang. 10. Yaxlitlash to‘g‘ri bajarilganmi?
11. Kasrlarni butungacha (birlar xonasigacha) yaxlitlang: Namuna: 45 8 34 46 (Chunki, birlar xonasidan keyingi tashlab yuborilgan son 8. Shuning uchun birlar soni 5 ga 1 ni qo‘shamiz). 12. Bir pud 16,38 kg ga teng. Agar u butun kilogrammgacha yaxlitlansa, necha kilogramm bo‘ladi? O‘ndan birgacha yaxlitlansa-chi? 13. Kasrlarni yaxlitlang: a) o‘ndan birlar xonasigacha: 2,781; 3,1423; 203,962; 62,35; b) yuzdan birlar xonasigacha: 0,07268; 1,35506; 10,081; 76,544; d) o‘nlar xonasigacha: 167,1; 2085,04; 444,4; 300,7. 14. Yaxlitlash to‘g‘ri bajarilgan bo‘lishi uchun katakcha o‘rniga qanday raqamlarni qo‘yish mumkin:
Uyda bajariladigan topshiriqlar
1. Tengsizhklarni o‘qing. O‘rtada turgan sonning kami bilan va ko‘pi bilan olingan taqribiy qiymatlarini ayting. O‘rtada turgan son ikki chekkadagi sonlardan qaysi biriga yaqin?
2. Kasrlarni yaxlitlang: a) o‘ndan birlar xonasigacha: 42,281; 0,193; 3,932; 2,38; b) yuzdan birlar xonasigacha: 0,0708; 31,3590; 0,0891; 6,597; d) o‘nlar xonasigacha: 476,1; 1039,02; 856,2; 1000,2.
3.
Kasrlarni yaxlitlang: a) birlar xonasigacha: 1,69; 1,198; 37,444; 802,3032; b) o‘ndan birlar xonasigacha: 0,3691; 0,8218; 0,9702; 61,3501. 4. Quyidagi sonlar qaysi xonagacha yaxlitlangan? Ular to‘g‘ri yaxlitlanganmi?
5. Amallarni bajaring: ((37,3 + 21,7) ∙ 13 + 8688) : 31 - 196. 6. Yer shari ekvatorining uzunligi 40 075 696 m. Bu uzunlikni kilometrgacha yaxlitlang. 7. Dunyoda aholisi eng ko‘p davlat Xitoy hisoblanadi. Bu mamlakatda 1 338 094 400 kishi yashaydi. Xitoy aholisi sonini: a) minglar; b) millionlar; d) milliardlar xonasigacha yaxlitlang. Download 217.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling