So`nuvchan va majburiy tebranishlar


Download 396.32 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi396.32 Kb.
#1221017
  1   2   3
Bog'liq
sonuchi vA majburiy tebranishlar


So`nuvchan va majburiy tebranishlar
Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan harakatlar. Mas., soat mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa tebranishlarga ajraladi.
tebranishlar tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda tebranishlarni xavfli chegaragacha kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan tebranishlar texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan. Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, tebranishlar erkin tebranishlar, majburiy tebranishlar, avto tebranishlar va parametrik tebranishlarga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin oʻzicha tebranadigan tizimda yuz beradigan tebranishlarga erkin tebranishlar; davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʼsiri ostida boʻladigan tebranishlarga majburiy tebranishlar deb yuritiladi.
Avtotebranishlar vaqtida majburiy tebranishlardagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi, biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Masalan, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik tebranishlar vaqtida tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.
Eng sodda tebranish garmonik tebranishlardir. Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar oʻz xarakteri boʻyicha garmonik tebranishlarga juda yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy tebranishlarni ustmaust tushgan bir necha garmonik tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi tebranishlarning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik tebranishlarning oʻzaro qoʻshilishidan turli tebranishlar, mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik tebranishlar yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik tebranishlar yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik tebranishlardan iborat turlicha murakkab tebranishlar mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi.
Tebranish - bu zamonaviy shaharlarning muammolardan biri hisoblanadi. Va ularning intensivligi har yili ortib bormoqda. Nima uchun zamonaviy ilm-fan, shuning uchun faol bu masalani tergov qilinadi edi? Negadir, tebranish o'lchov protseduralari ko'p tashkilot va korxonalar majburiy bo'lib? kasbiy kasalliklar, bir qator sabab bir hodisa, shifokorlar uchun nima beradi tuzatish harakatlari haqida savollar yuksaltirish - tebranish haqiqatdir.

Download 396.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling