Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
Sopol materiallar va buyumlarning xillari
Download 325.37 Kb.
|
Sopol materiallar va ularning turlari
Sopol materiallar va buyumlarning xillariDevorbop sopol materiallar va buyumlar ichida hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani sopol g‘isht, har xil samarali sopol materiallar, shuningdek, devorbop g‘isht panellardir. To‘liq sopol g‘isht 250x120x65 mm (3.1-rasm) yoki 250x120x88 mm o‘lchamli, to‘g‘ri to‘rtburchakli parallepiped shaklida bo‘ladi. Qalinligi 88 mm modulli g‘ishtlarda texnologik bo‘shliqlar bo‘lishi shart. Ichi kovak sopol g‘ishtlar va toshlar 250x120x103, 250x120x138 va 250x150x120 mm o‘lchamli qilib tayyorlanadi. O‘lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo‘yicha ±5, eni bo‘yicha 4, qalinligi bo‘yicha esa 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. G‘isht etarli pishgan bo‘lishi kerak. Alvon rangli, chala pishgan g‘isht zichligi va sovuqqa chidamliligi pastligi, o‘ta pishgan g‘isht juda zich, mustahkam va issiq o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lishi bilan farqlanadi. G‘ishtning quruq holatdagi zichligi 1600-1900 kg/m3, issiq o‘tkazuvchanligi esa 0,71–0,82 Vt/(m0S) atrofida o‘zgaradi. G‘ishtni bu xossalari uni tayyorlash usullariga bog‘liq. Nim quruq usulda tayyorlangan g‘isht g‘oyat zich, binobarin, ko‘p issiq o‘tkazuvchan bo‘ladi. Siqilishga va egilishga mustahkamligi bo‘yicha g‘isht qo‘yidagi markalarga bo‘linadi: 75,100,125,150,175,200 va 300 (3.1-jadval). G‘ishtlarning mustahkamligi 3.1-jadval
O‘zgarmas massagacha quritilgan g‘ishtning suv shimib olishi kamida 8% bo‘lishi kerak. Suv shimib olishi bundan kichik bo‘lsa, g‘isht issiqni ko‘p o‘tkazadi, bu maqsadga muvofiq emas. Suvga to‘yingan g‘ishtda sovuqqa chidamligi bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan kamchiliklar bo‘lmasligi (qatlamlanish, maydalanish va h.), navbatma-navbat takrorlanadigan 15 bosqichli -150S va undan past haroratda muzlatish va keyin 1550S da suvda eritishga bardosh bera olishi kerak. Sopol g‘isht ichki va tashqi devor, ustun gumbaz va binolarning boshqa qismlari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari undan g‘isht panellari tayyorlanadi. Devorbop samarali sopol materiallar - ichi kovak g‘isht va toshlardan (3.2-rasm) iborat bo‘ladi. Ular chekkalari tekis to‘g‘ri burchakli parallepiped ko‘rinishiga ega. G‘isht va toshlardagi kovaklar yuzaga nisbatan perpendikulyar yoki parallel joylashgan bo‘lishi va kovakning ikkala tomoni yoki bir tomoni ochiq bo‘lishi mumkin.
Download 325.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling