Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish


Download 325.37 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi325.37 Kb.
#1414868
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sopol materiallar va ularning turlari

3.4-расм. Кўп рангли қилиб
сирланган сопол плиткалар
Ichki devorlarga qoplanadigan materiallar. Turar joy, jamoat va sanoat binolarining ayrim xonalariga sanitariya-gigiena va badiiy manzara berish, shuningdek, qurilma-larni nam va alanga ta’siridan himoyalash uchun devorlarga sopol plitkalar qoplanadi (3.4-rasm). Devorlarga qoplash uchun sirlangan qoplama (fayans) shuningdek, gilamnusxa-koshinkor plitkalar ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi. Kvadrat plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm, qalinligi 4-6 mm ga teng bo‘ladi.
Gilam nusxa-mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm to‘g‘ri burchakli plitkalar va h. Qalinligi 2,5 mm va old yuzasi turli rangli bo‘ladi (3.5-rasm).
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini qoplash va ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi.
Polbop sopol plitkalar. Bunday plitkalar gil massasidan qo‘shilma-lar va bo‘yovchi aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi.





3.5-rasm. Gilam nusxa-koshinkor quy-ma sopol plitkalar

3.6-rasm. Pollar uchun mo‘ljal-langan yirik o‘lchamli sopol plitkalar

Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga chidamli, kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan yasalgan pollarning kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p oladi, zarblarga qarshiligi past va ancha sermehnatlidir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida, korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.


So‘nggi yillarda sopol plitkalarning yangi turi – rasm seriografik usulda qoliplangan yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat binolarida pol materiali sifatida keng qo‘llanilmoqda (3.6-rasm).
Tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaik plitkalarning qalinligi 6 va 8 mm bo‘ladi. Plitkalarning rangi oq, sariq, qizil, kul rang va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, suv shimuvchanligi 4% gacha. Korxonada mozaik plitkalar suvda eriydigan elimlar bilan kraft qog‘ozining kvadratli yuzalariga ma’lum rasmga ko‘ra taqsimlab yopishtiriladi.
Maxsus sopol materiallar va buyumlar. Bunday sopol materiallar va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari va shu kabilar kiradi. CHerepitsa tomga yopiladigan material bo‘lib, oson suyuqlanadigan gillardan xom ashyoni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarning bir necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda (3.7-rasm).
CHerepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli materialdir. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir talab qilinmaydi. Ushbu cherepitsaning kamchiligi massasining kattaligi, suv oqib tushish uchun ancha nishabli qilib qurish zarurligi, shuningdek, tom yopish uchun ko‘p mehnat sarflanishidir. CHerepitsa hozir qurilishning barcha sohalarida ishlatil-moqda.




Download 325.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling