4-ma’ruza. Tunelli va shaxtali pechlar


Download 1.7 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1506154
  1   2
Bog'liq
3-курс -4-маруза


4-MA’RUZA. TUNELLI VA SHAXTALI PECHLAR
4.1. Buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish tasnifi.
4.2.Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi.
4.3.Turli texnologik jarayonlarda material va buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish.
4.4.Texnologik jarayonlarda kechadigan jarayonlar.

Tayanch iboralar:Tunnelli pech ,Shaxtali pech, dolomitli g'isht, Material va yoqilg'i, Konveksiya usulida issiqlik almashinuvi, jiltdan (kojuk), vaterjaketlar, Tashqi va ichki issiqlik almashinuvi.
Turli qurilish materiallari; sement, ohak, g‘isht, utga chidamli materiallar (shamot, magnezit), sopol, chinni va boshqa buyumlarni toblash (pishirish) jarayonlarida material yuqori haroratlargacha qizdiriladi, undan keyin havo bilan sovitiladi.Qizdirish va sovitish ishlari materialning turiga qarab ma’lum tartibida olib boriladi.
Tunnelli pech uzluksiz ishlaydigan qurilma bo‘lib, uning uchun regenerator yoki rekuperator ko'rinishidagi alohida regenerativ moslama talab qilinmaydi. Tunnellipechningsxemasi 2.1- rasmdakeltirilgan.


4.1- rasm. Tunnelli pechning sxemasi.
1 - yonish mahsulotlari; 2 - yuklash; 3 - yoqilg‘i; 4 - ortiqcha havo; 5 - sovitish uchun beriladigan havo.
Bu pechning asosini uzun (80-120m) tunnel (yo‘lak) tashkil qiladi, uning ichida ishlov beriladigan material ortilgan aravachalar harakat qiladi. Ular turtgich yordamida davriy ravishda ma’lum masofaga siljitib turiladi. Pech uzunligi bo‘yicha uch bo‘limdan iborat: isitish bo‘limi, yuqori haroratlar bo‘limi va sovitish bo‘limi.Yоqilg‘i o‘txonada yoqiladi; bu erga havo sovitish bo‘limidan keladi, u sovitilayotgan buyumlar issiqligi hisobiga qisman isitiladi.
Yonish mahsulotlari o‘txonadan chiqib, tunnelning ishchi bo‘shlig‘iga o‘tadi va sekin siljiyotgan buyumlar tomon harakatlanib, ularga o‘z issiqligini beradi.Tutun gazlarining issiqligidan foydalanish darajasi isitish bo‘limining uzunligiga va gazlardan buyumlarga issiqlik berilishining jadalligiga bog‘liq.
Pechdan chiqib ketuvchi gazlarning harorati nisbatan past bo‘lib, 150-2500C ga teng.Qizigan buyumlarning fizik issiqligi yonishga beriladigan havoni isitish uchun foydalaniladi.Pechning sovitish bo‘limidan chiqqan havo uning o‘txonasiga o‘tadi va yoqilg‘ini yoqish uchun ishlatiladi. Havoning qolgan qismi esa, tunnel bo‘ylab harakatlanishda davom etib, yonmay qolgan tutun gazlarining to‘la yonishi uchun foydalaniladi.


4.2- rasm.Tunnelli pechning umumiy ko'rinishi
Tunnelli pechlarning prinsipial sxemasi eng yaxshi issiqlik sxemalariga qo‘yiladigan talablarning ko‘pchiligiga javob beradi (toblangan buyumlarning issiqligini yuqori darajada regeneratsiya qilish, tutun gazlarini nisbatan past haroratlargacha sovitish) va ularda davriy ishlaydigan kamerali pechlarga nisbatan yoqilg‘i sarfi 1,5-2,0 marta kam bo'ladi. Silikat sanoatida qo‘llaniladigan halqasimon va ko‘p kamerali pechlar shu tunnelli pechlar kabi prinsipda ishlaydi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling