Sopol materiallar va ularning sinflari


Download 307.23 Kb.
bet8/8
Sana25.12.2022
Hajmi307.23 Kb.
#1065069
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun x

3.7-rasm. CHerepitsa turlari. a-o‘yiqli qoliplangan; b-o‘yiqli tasmasimon; v-tasmasimon yassi; g-konkisimon


Oqava va drenaj quvurlari. Oqava quvurlari olovbardosh yoki qiyin suyuqlanadigan gillardan tayyorlanadi. Quvurlar birikadigan joylari bilan birga presslarda qoliplanadi. Quritilgandan keyin quvurlarning tashqi va ichki yuzalari sirlanadi va pishiriladi.
YUpqa sir qatlam quvurlarning suv o‘tkazmasligi va kislotalar hamda ishqorlar ta’siriga chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. Oqava quvurlarining ichki diametri 150-600 va uzunligi 800-1200 mm ga teng. Sopol quvurlar kimyoviy jixatdan juda barqaror bo‘lib, tarkibida ishqor va kislotalari bo‘lgan sanoat korxonalari suvlarini chiqarib yuborish uchun keng foydalaniladi.
Drenaj quvurlari silliq yuzali va suv o‘tkazuvchanligini oshiruvchi ikki tomonida ochiq ariqcha yoki kesiklari bo‘lgan sirlanmagan sopol buyumdir. Uning uzunligi 500 mm gacha, ichki diametri esa 25-250 mm ga teng bo‘ladi. Quvurlar to‘g‘ri silindrik shaklga ega, ichki yuzasi silliq mexanik jihatdan etarli mustahkam bo‘lishi kerak. Ular oson suyuqlanadigan gil va qumoq tuproqlardan yasaladi. Drenaj quvurlaridan botqoqlangan erlarning suvini quritish uchun, shuningdek, er osti suvlari satxini pasaytirish uchun foydalaniladi.
Kislotabardosh buyumlar. Bunday buyumlar odatdagi sopol buyumlardan farq qiladi, ular zich, shuningdek, mexanik jihatdan mustahkam, issiqqa chidamli sopol qatlamlidir. Ular kislota va ishqorlarning uzoq davom etadigan ta’siriga turg‘unligi bilan ajralib turadi. Sopol buyumlarning bu guruhiga kislotabardosh g‘isht, issiqqa va kislotaga chidamli plita hamda quvurlar kiradi.
Kislotaga chidamli g‘isht 230x113x65 mm o‘lchamli to‘g‘ri burchakli parallepiped va ponasimon ko‘rinishda tayyorlanadi. Ular kimyoviy uskunalarning poydevorlarini terish, uskunalar ichiga va gaz yo‘llarini qoplash, kimik va sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalarining pol va tarnovlariga yotqizish uchun ishlatiladi.
Issiqlik-kislotaga chidamli plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli va ponasimon bo‘lishi mumkin, tomonlarining o‘lchami 50 dan 200 mm gacha qalinligi 10 dan 50 mm gacha bo‘ladi. Kislotaga chidamli plitkalar, uskunalar, gaz yo‘llari va tarnovlar ichki yuzasini qoplash, zararli mo‘hitli sexlarda pol materiali sifatida, issiqlik va kislotaga chidamli plitkalar esa, bundan tashqari, pishirish qozonlarining ichki yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar qovushgan zich qatlamga ega bo‘lib, ularning tashqi va ichki tomonlari kislotaga chidamli sir bilan qoplanadi. Ular asosan kimiyo sanoati korxonalarida ishlatiladi.
Sanitariya-texnikasi buyumlari–(qo‘l yuvgich, unitaz, vanna yuvish idishchalari va h.) asosan oq gildan, fayans yoki yarim chinni esa turli qorishmalardan tayyorlanadi. Qorishma massasi tarkibiga kaolin, olovbar-doshli gil, kvars, shamot(pishirilgan loy) kiradi. Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarib olingandan keyin buyumlar quritiladi.
Download 307.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling