So‘rovlarni php yordamida qayta ishlash Formalar bilan ishlashga misollar
Download 0.78 Mb.
|
(5)BAHODIROV BURXON web dastirlash
6.2 – listing. Bu index.html formasini qayta ishlovchi start.php fayli
U holda, agar biz formaga ―Vohid‖ ismini va ―Fozilov‖ familiyasini kiritganimizda va fanlar ichidan Informatika fanini tanlaganimizda brauzer ekranida quyidagi xabarni olamiz. Natija: Salom, Vohid Fozilov! Siz test topshirish uchun Informatika fanini tanladingiz $_REQUEST massivini kiritish uchun $HTTP_POST_VARS va $HTTP_GET_VARS bir xillik massivlari mos ravishda $_ POST va $_ GET ga qayta nomlanadi. $_POST va $_GET massivlari boshqalardan farqli ravishda metodlar va funksiyalar ichida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ruxsatga ega superglobal massivlarga aylanadi. Bu massivlarni qo‘llanishiga misollar keltiramiz. first_name, last_name, fan nomli elementlarni o‘z ichiga olgan formani qayta ishlash kerak. POST va boshqa metodlar bilan berilgan ma’lumotlarni qayta ishlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin: $str = "Salom, ".$_POST ["first_name"]." ".$_POST ["last_name"] ."! "; $str .= " Siz test topshirish uchun ". $_POST["fan"] ." fanini tanladingiz"; echo $str; ?> Agar biz yuqoridagi misoldagidek ―Vohid ― ismini va ―Fozilov‖ familiyasini kiritsak va fanlar ichidan Informatika fanini tanlasak, u holda brauzer ekranida quyidagi hosil bo‘ladi. Natija: Salom, Vohid Fozilov! Siz test topshirish uchun Informatika fanini tanladingiz Qayta ishlangan skriptlarni xotiraga saqlash uchun PHP 4.1.0 versiyasidan oldingilarida registr_globals o‘zgaruvchilarga bevosita nomlari bo‘yicha ruxsatni ta’qiqlaydigan yoki ta’qiqlamaydigan direktivasi kiritilgan edi. Agar PHP ning konfiguratsiya fayli(httpd.conf)da registr_globals=on parametri mavjud bo‘lsa, u holda serverdagi GET va POST metodi bilan berilgan o‘zgaruvchilarga ularni nomlari bo‘yicha murojaat etish mumkin (ya’ni, $first_name kabi yozish mumkin). Agar registr_globals=off bo‘lsa, u holda $_REQUEST[―first_name‖] yoki $_POST[―first_name‖], $_GET[―first_name‖], $HTTP_POST_VARS[―first_name‖], $HTTP_GET_VARS[―first_name‖] deb yozish kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu direktivani o‘chirib qo‘ygan ma’qul(registr_globals=off). registr_globals direktivasi yoqilgan vaqtda ham mijoz tomonidan berilgan ma’lumotlar yuqorida qayd etilgan massivlarni o‘z ichiga oladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling