So‘rovlarni php yordamida qayta ishlash Formalar bilan ishlashga misollar
Download 0.78 Mb.
|
(5)BAHODIROV BURXON web dastirlash
Termiz Davlat Pedagogika Instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 2- bosqich 201–guruh talabasi BAHODIROV BURXONning Web dasturlash fanidan tayyorlagan taqdimotiFan o’qituvchisi: To’rayev Ro’ziboyMavzu:
Mijoz so‘rovining serverda maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanishini ko‘rib chiqqansiz. Ushbu maxsus dasturni PHP tilida yozish va unda kiritilgan ma’lumotlar bilan istalgan amalni bajarish mumkin. Bu dasturni yozishda PHP ning instrumentlar va qoidalari bilan tanishib chiqish kerak. PHP skripti ichida mijozga HTTP protokoli asosida berilgan bir qancha ma’lumotlarga ruxsat olish yo‘llari mavjud. PHP 4.1.0.versiyasigacha bunday ma’lumotlarga ruxsat jo‘natilgan o‘zgaruvchilar nomi(ma’lumotlar «o‘zgaruvchi nomi, « =» belgisi, o‘zgaruvchi qiymati» juftligi ko‘rinishida berilgan) asosida amalga oshirilgan. Shu tariqa agar first_name=Lola berilgan bo‘lsa, skript ichida Lola qiymatli $first_name o‘zgaruvchi hosil bo‘ladi. Agar ma’lumotlarni qanday yo‘l bilan berilganligini ajratish talab qilingan bo‘lsa, unda berilgan o‘zgaruvchilar kaliti bo‘lgan $HTTP_POST_VARS va $HTTP_GET_VARS assotsiativ massivlar qo‘llanilgan. Xuddi shunday agar first_name=Lola GET metodi bilan jo‘natilgan bo‘lsa, unda $HTTP_GET_VARS[«first_name»]=«Lola» bo‘ladi. Dasturda o‘zgaruvchilar nomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish xatarli emas. Shuning uchun PHP 4.1.0 versiyasidan boshlab HTTP so‘rovlari yordamida berilgan o‘zgaruvchilarga maxsus $_REQUEST massivi yordamida murojaat etish mumkin. Bu massivlar POST va GET metodi hamda HTTP cookies yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu superglobal assotsiativ massiv, shuning uchun mos o‘zgaruvchi(forma elementi) nomini kalit sifatida ishlatib, dasturning istalgan qismidan uning nomini olish mumkin. 6.2 – misoldagi 6.1 - listingda test topshiriladigan fanlar ruyxatini formasi yaratildi. Endi shu forma yordamida jo‘natilgan ma’lumotlarni qayta ishlovchi test.php faylining skriptini yozamiz: $str = "Salom, ".$_REQUEST["first_name"]. " ".$_REQUEST["last_name"]."! "; $str .="Siz test topshirish uchun ".$_REQUEST["fan"]." fanini tanladingiz"; echo $str; ?> Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling