Algebra Sana: Texnologik xarita


Download 59.37 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi59.37 Kb.
#100937
Bog'liq
Arifmetik progressiya dastlabki n ta hadinin


Algebra

Sana:

Texnologik xarita

Mavzu

Arifmetik progressiya dastlabki n ta hadining yig’indisi.

Maqsad, vazifalar

-o’quvchilarga arifmetik progressiya dastlabki n ta hadining yig’indisiga doir masalalar va ularning yechilishi to’g’risida tushuncha berish

-o’quvchilarda Vatanga muhabbat hissini uyg’otish

-o’quvchilarning diqqati hamda nutqini rivojlantirish


O’quv jarayonining mazmuni

O`quvchilarning arifmetik progressiya haqidagi tushunchasidan foydalanib misollar yechish qobiliyatini o’stirish, o’z ustida mustaqil ishlashga o’rgatish;

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub:Og`zaki bayon qilish, “hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”. Yangi bilimlar va tushuncha hosil qilish va o’zlashtirish darsi

Shakl:Suhbat–munozara, guruhlarga bo’lib ishlash, xotira mashqi,amaliy.

Vosita:Darslik,kompyuter, elktrondarslik, ko`rgazma, kartateka savollari.

Nazorat:Og`zak inazorat , savol–javob, o`z–o`zini nazorat qilish.

Baholash: Rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kuzatilgan natijalar

O`qituvchi: mavzu qisqa va barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi.O`quvchilar faolligi oshadi. O`quvchilarda darsga nisbatan qizizqish uyg`otadi. Mavzuda o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o`quvchilar bilimi baholanadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.

O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O`z–o`zini nazorat qilish, ijobiy va tanqidiy fikrlash ko`nikmasi shakllanadi.





1.

tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

uyga vazifani tekshirish

5 daqiqa

3.

o’tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

4.

yangi mavzuning bayoni

22 daqiqa

5.

yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6.

o’quvchilarni baholash

3 daqiqa

7.

uyga vazifa berish

3 daqiqa


Darsning bayoni:

Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama, sinfda psixologik iqlim yaratish, darsga tayyorgarlik

O’tgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Arifmetik progressiya n ta hadining yig’indisini toppish formulasini ayting.

  2. 1 dan 10 gacha sonlar yig’indisi nechaga teng?

3) Arifmetik progressiyaning ayirmasi qanday topiladi?

Yangi mavzuning bayoni:

419. Barcha ikki xonali, uch xonali sonlar yig’indisini toping.

a) a1=10, an=99, d=1 n=90

b) a1=100, an=999, d=1, n=900

420. Arifmetik progressiya n-hadining formulasi berilgan. Agar an=3n+5 bo’lsa, S50 ni toping

a1=3+5=8 a2=6+5=11 d=11-8=3 a50=150+5=155



421. Yig’indi 75 ga teng bo’lishi uchun 3 dan boshlab nechta ketma-ket natural sonni qo’shish kerak?

Sn=75 a1=3 d=1 n-?



n2+5n-150=0





Qo’shiluvchilar soni manfiy bo’lmaydi, shuning uchun n=10.

422. Agar arifmetik progressiyada a1=10, n=14, S14=1050 bo’lsa a14 va d ni toping.





d=10 Javob: a14=140, d=10

423. Agar arifmetik progressiyada a7=21, S7=105 bo’lsa, a1 va d ni toping.



210:7=18+6d d=2

424. Binobop to’sinlarni saqlashda ularni quyidagi rasmdagidek taxlaydilar. Agar taxlamning asosida 12 ta to’sin turgan bo’lsa, bir taxlamda nechta to’sin bo’ladi?

Yechish: a1=1 va a12=12



Javob: 78 ta to’sin.


Mustahkamlash:

  1. Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi?

  2. Sonli ketma-ketlik haqida tushuncha bering

  3. Arifmetik progressiya n-hadi formulasini ayting.


O’quvchilarni baholash: o’quvchilar 1 balldan 5 ballgacha baholanadilar.

Uyga vazifa: 425-427 masalalar (166-bet)

Darsni yakunlash va xayrlashish.
Download 59.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling