Sos bolalar Mahallalari O'zbekiston «sos o’zbekiston Bolalar Mahallalari»
Download 1.64 Mb.
|
Sos bolalar tashkiloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNING FAOLIYATIMIZ
Нигора Раҳмонова, ЎзА
G'oyaBIZ NEGA BORMIZHar bir bola g’amxo’r oilada ulg’ayishi kerak. Oilaviy nohushliklar har bir bola uchun va u yashayotgan jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, biroq bunday holat hamma joyda mavjud. Bizning hisobimizga ko’ra, qashshoqlik, zo’ravonlik, kasalliklar va adolatsizlikka uchragan butun bolalar aholisining 10% bizning yordamimizga muhtoj. Bunday bolalar, xalqaro darajada tan olingan tarbiya, himoya, ta`lim, sog’liqni saqlash kabi o’zlarining asosiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum. Eng avvalo, ular bola bo’lish huquqidan mahrum. Dunyo davlatlarining deyarli barchasi BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyasini imzolagan bo’lsada, ularning ko’pchiligi avvalgiday o’z majburiyatlarini bajarmayapti yoki bajara olmayapti . BIZNING FAOLIYATIMIZBizning har qanday faoliyatimiz bola manfaatlaridan kelib chiqadi. Biz ijtimoiy zaif oilalarga farzandlarini g’amxo’rlik qilishda yordam beramiz va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga harakat qilamiz. Bolalar o’z oilasida ortiq qolish istagi bo’lmasa, biz ular uchun SOS-oilalarda va SOS tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan asrab oluvchi oilalarda munosib tarbiyalanish sharoitlarini ta`minlaymiz. Biz yoshlarni mustaqil katta hayot yo’lida qadam tashlashda qo’llab-quvvatlaymiz va ularga hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam beramiz. Biz davlat hokimiyati organlarini bolalar huquqlarini himoya qilish bo’yicha o’zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz. Biz yordamga muhtoj bolalarga ko’maklashish uchun donorlar, jamoatchilik vakillari, davlat hokimiyat organlari va sherik tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz; buning uchun biz o’z bilim va tajribamiz bilan bo’lishib, o’z qadriyatlarimizni hisobga olgan holda ishlaymiz. Biz faoliyat ko’rsatadigan joylarda, favqulotda vaziyatlar yuzaga kelsa, davlat hokimiyati o’rganlari va gumanitar tashkilotlar bilan muvofiqlashtirgan holda bolalarga gumanitar yordam ko’rsatamiz. Bizning faoliyatimiz odamlar va jamiyat hayotiga ta`sirini uzluksiz baholab boramiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling