Biz har bir bolaning, o’smirning yoki yosh yigit-qizning uzoq muddatli rivojlanishiga e’tibor beramiz, shuningdek toki u hayot qiyinchiliklariga tayyor bo’lgunga qadar, uning tarbiyasi, sog’lig’i va ta`lim olishiga ham yordam beramiz.
Biz butun dunyo bo’ylab jamiyatni mustahkamlash bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri choralarni ko’ramiz. Har bir bolaning vaziyati o’zgacha bo’lsada, tajribamiz shuni ko’rsatadiki, har bir bola barqaror munosabatlarni hohlaydi. Aynan g’amxo’r oila bu munosabatlarning rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, unda kattalarning bolaga nisbatan shaxsiy etibori hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy zaif oilalarni mustahkamlash va ular buzilib ketishining oldini olish bo’yicha faoliyatimiz doirasida biz oilalar mustaqil bo’lishga erishishi uchun ota-onalarga maslahatlar berish va ularning ota-onalik ko’nikmalarini rivojlantirish kabi amaliy ko’mak shakllarini taklif etamiz.
Biz birgaliqda…
…oilalarni mustaxkamlashimiz,
…bolalar uchun munosib ta'lim-tarbiya sharoitlarini ta'minlashimiz,
…bolalarga bola bo'lish imkoniyatini tqdim etishimiz mumkin.
QIYIN VAZIYATDAGI BOLA
Ba'zida ota-onalar har-xil sa’bablar tufayli o’z farzandlariga tarbiya bera olmaydilar, ba’zida esa bolalar o’z ota-onalarini yo’qotib yoki umuman hayotda ko’rishmaydi. Aynan shunday himoyasiz qolgan, sog’lom bolalikka ega bo’lish huquqiga mahrum bo’lgan bolalarga “SOS Bolalar Mahallalari” Uyushmasi o’z foaliyatini olib boradi.
Bizning maqsadimiz – oilalarni saqlab qolish. Agar buni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, oila rishtalarini saqlab qolish maqsadida aka-uka va opa-singillar birgalikda o'sishga imkon berishga harakat qilamiz.
Oila
Hamma bolalar mehr-muhabbat, hurmat va xavfsizlik muhitida – oilada ulg’ayishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |