—
yem-xashak;
— sotishga m o ‘ljallangan m ahsulot va boshqalar.
4. Mahsulotlami x o ‘jaliklar sotishi y o ‘nalishlariga k o ‘ra:
— davlat buyurtm asi bo ‘yicha sotish;
— boshqa yo‘nalishlar b o ‘yicha sotish.
5. Mahsulotlami sotish kanallariga k o ‘ra:
— tayyorlov tashkilotlariga sotish;
— dehqon bozorlarida sotish;
— o ‘z ehtiyojida foydalanish (sotish);
— savdo shoxobchalari (do‘konlar)
orqali sotish;
— m ehnat haqi hisobiga berish (sotish).
Shu kabi ish va xizmatlar ham ulaming turi, xizmat ko ‘rsatish
sohasi va boshqa belgilari b o ‘yicha guruhlanishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida tayyor m ahsulotlam ing harakati
hisob va hisobotda quyidagicha baholanadi:
1. Reja tannarxida — yil davomida.
2. H aqiqiy tan n arx d a — yil oxirida,
shu yilning haqiqiy
xarajatlari va mahsulotning haqiqiy miqdori aniqlangach.
3. Sotish baholarida — sotilgan mahsulot b o ‘yicha.
Shu kabi ayrim hollarda mahsulotlar harakatini baholashda
sotishning sof qiymati, AVECO va
F IF O kabi usullaridan ham
foydalanishi mum kin. Ushbu tartib xo‘jalikning o ‘zida tashkil
etilgan ishlab chiqarishlar tom onidan amalga oshirilgan ish va
xizmatlarga ham tegishli.
Tegishli mahsulot
chetdan sotib olinganda, ish va xizmatlar
boshqa tashkilotlar tom onidan bajarilganda shartnomaviy baho-
larda, tom onlam ing kelishuvi asosidagi
joriy baholarda hisobga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: