Sotish kanallari bo‘yicha strategik qarorlar reja


Bevosita munosabatlar marketingi tizimida


Download 8.05 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi8.05 Kb.
#1752378
1   2   3
Bog'liq
Sotish kanallari bo‘yicha strategik qarorlar reja-fayllar.org

Bevosita munosabatlar marketingi tizimida bevosita savdo shart emas: bu erda vazifa doimiy munosabatda bo‘lish uchun mijozlar bilan bevosita aloqa o‘rnatishdan iborat.
Bu keyingi tizim oddiy vertikal marketing tizimlariga osonlik bilan qo‘shila oladi. SHuning uchun, «interaktiv marketing» atamasi bu ikkala tizimni faqat do‘konsiz savdonigina anglatuvchi «bevosita marketing» atamasiga qaraganda yaxshiroq qamrab oladi.
Professor E.P. Golubkov 5 ta bevosita marketing shaklini ajratib ko‘rsatadi:
1. Pochta bo‘yicha bevosita marketing (direkt meyl, xat, reklama, namuna, prospekt), pochta orqali potensial mijozlarga jo‘natish.
2. Katalog va marketing.
3. Telemarketing - iste’molchiga tovarni bevosita sotish uchun telefon tarmoqlaridan foydalanish.
4. Televizion marketing - reklamani ko‘rsatish, televizor orqali bevosita marketing.
5. Elektron savdo - ikki kanal tizimi orqali bevosita marketing, iste’molchini kabel yoki telefon liniyalari sotuvchini kompyuterlashgan kataloglar bilan bog‘laydi. Maxsus pult bilan boshqarish, televizorni yoqib yoki shaxsiy kompyuter bilan iste’molchi sotuvchi bilan bog‘lanadi.
Tarmoqli rejalashtirish uslubidan foydalanish yordamida yangi tovarning bozorga chiqishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashining oldini olish mumkin, chunki mahsuldorlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi muvaffaqiyatsizliklar sababini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi:
• tovarni bozorga olib chiqish davri va vaqtini noto‘g‘ri tanlash;
• distribyuterlik tarmog‘ining etarlicha rivojlanmaganligi;
• reklama chora-tadbirlarining vaqtidan ilgari yoki kech o‘tkazilishi;
• bozorga texnik jihatdan to‘liq ishlab chiqilmagan tovarni olib chiqish;
• tovarning bozor narxini noto‘g‘ri baholash;
• yangi tovar xaridorlari va iste’molchilarga sotuvgacha va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi.
Xaridorlarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboruvchi mutlaqo yangi tovarlarni yaratish nomaqbul jarayon hisoblanadi. Mutlaqo yangi tovar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi qoidaga ko‘ra, ahyon-ahyonda va notekis ro‘y berib, firma tovar nomenklaturasining hayotiylik davriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tovarlar hayotiylik davrining o‘zgarishi, sotuv hajmini qo‘llab-quvvatlash zarurati va ularning dinamikasi talabni faollashtirishning boshqa usullarini, ayniqsa, tovarni sotish hajmining o‘sishi pasaygan vaqtda, ya’ni yangi tovarning hayotiylik davri etuklik bosqichiga yaqinlashgan paytda izlab topishni talab qiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!



http://fayllar.org
Download 8.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling