Sotish kanallari bo‘yicha strategik qarorlar reja


-jadval. Iste’mol tovorlari tipologiyasi


Download 8.05 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2023
Hajmi8.05 Kb.
#1752378
1   2   3
Bog'liq
Sotish kanallari bo‘yicha strategik qarorlar reja-fayllar.org

8.1-jadval. Iste’mol tovorlari tipologiyasi
Bozorni qamrab olish darajasining yuqoriligi tufayli savdo hajmlari ortadi, biroq ayni paytda bu o‘sishning ba’zi salbiy jihatlari bor bo‘lib, ularni e’tiborga olmaslik mumkin emas.

  • Turli kanallardagi savdo hajmi bir xil bo‘lavermaydi, vaholanki har qanday vositachi bilan aloqada bo‘lish xarajatlari esa o‘zgarmaydi. SHu sababdan, sotish xarajatlarining ortishi butun tizimning rentabelligini pasaytirib yuborishi mumkin.

  • Tovar ko‘plab xilma-xil savdo shohobchalariga tarqatilganda, firma marketing strategiyasini: chegirmalar belgilashni, xizmat ko‘rsatish sifatini va distribyutorlar hamkorligini tashkil qilishni nazorat qila olmay qolishi mumkin. SHu sababdan intensiv savdo ko‘pincha markaning imijini ushlab turish va bozorda aniq pozitsiyaga ega bo‘lishga zid keladi.

3. Aytib o‘tilgan qiyinchiliklar firmalarni iste’molchilarni marka bilan tanishtirib bo‘lgach, sotishning saylanma tizimlari tomonga siljishga undaydi.


4. Saylanma sotuvda savdo firmasi o‘lchami, xizmat sifati, texnik qurollanganligi, murakkab tovarlar uchun muhim bo‘lib, sotuvdan keyingi xizmatda muhim rol o‘ynaydi.
5. Iste’mol bozorini qamrab olish strategiyasi bilan tovar turiga qarab xaridorlarni barqaror engilliklari aniqlanadi.
Ishlab chiqaruvchining gurkirab o‘sib kelayotgan yirik savdo firmalari oldidagi pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? Bu erda uch xil strategiya bo‘lishi mumkin:
1. Pirovard iste’molchiga qaratilgan va kuchli, yaxshi differensiyalangan markani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi marketing strategiyasini qabul qilish hamda sotuvchini bu markani o‘z assortimentiga kiritishga majbur qilish.
2. Eng kam xarajatlar sarflab ishlab chiqarishga ixtisoslashish va marketingni batamom sotuvchining ixtiyoriga qoldirish, biroq bunda bozordan uzilib qolish xavfi bor.
3. Sotuvchiga raqobatchi yoki sotish kanalidagi hamkor emas, balki vositachi-mijoz sifatida qarash. Savdo marketingining asl mohiyati mana shundan iborat.
Savdo marketingi to‘rt asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:
- ehtiyojlarni tahlil qilish: sotuvchilarning ish shaklini va ularning istaklarini tushunish;
- sotuvchilarni segmentlash yohud ehtiyojlari yoki istaklari bir xil bo‘lgan sotuvchilarni ajratib olish;
- ishlab chiqarish uchun ustuvor maqsadli segmentni tanlash;
- maqsadli segmentga moslashtirilgan takliflarni ishlab chiqish.
8.2-jadval. Chakana savdo do‘konlarining turlari
Bevosita marketing - istalgan mijozdan o‘lchash mumkin bo‘lgan javob olish va yoki u bilan bitim tuzish maqsadida bir yoki bir necha reklama vositalaridan foydalanadigan interaktiv tizimdir”.
Bu ta’rifga ko‘ra, bevosita marketingni do‘konsiz savdo, ya’ni vositachilarsiz marketing tizimi deb tushunmaslik kerak. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun bevosita savdo tizimi (bevosita marketingning o‘zi) bilan «bevosita aloqalar» marketingining farqini ajrata olish kerak.
4. Bevosita marketing

Download 8.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling