ikkinchidan
Siyosatshunoslik tushunchalarining ma’no va mazmuni keng va chuqur shakllangan bo’lishi;
uchinchidan
Davlat xokimiyat, xukuk, erkinlik kabi tushunchalar karor topishi kerak.
Mustaqil siyosat falsafasining shakllanishi XIX asrga kelib «gumanitar fanlar» tushunchasi paydo bo’ldi va keng tarqala boshladi. Ijtimoiy–gumanitar fanlar doirasida «siyosatshunoslik» va
XVIII asr oxiri XX asr boshlarida muxim siyosiy nazariya vujudga keldi. Siyosat dunyosiga yangicha qarashlar siyosiy nazariyani qayta ishlab chiqishda muxim asos bo’lib xizmat qildi. Bu siyosatshunoslikning mustaqil ilmiy soxa, aloxida fan bo’lib shakllanishiga olib keldi. Natijada siyosat soxasini nazariy o’rganadigan mutaxassislar guruxi, institutlar paydo bo’ldi. Siyosiy munosobatlarning qonuniyatlarini o’rgandilar.
Gegel siyosiy borliqni, siyosatni falsafiy taxlil qilishda «xukukiy» tushunchasini tanlagan bo’lsa, ajab emas. Xuquq va qonun bugungi kunda xuquqiy davlatning suverenitat, universallik, umumiy, mavxum, shaxssiz xarakterga ega bo’lishining asosi bo’lib, bunga siyosiy fuqarolik dunyosining o’ziga xos, individual, aniq, norasmiy tomonlarini qarshi qo’yish mumkin. - Gegel «xuquq falsafasi»da siyosat dunyosining shakllanishi va qaror topishi, uning vazifalari to’g’risida o’zining tamoyillari va qarashlarini bayon qiladi. Asarda yaxshilik va yomonlik, qonun va xuquq, erkinlik va adolat, axloq, shaxs va oila, mulk, fuqarolik jamiyati kabi eng asosiy muammolarning davlatga bo’lgan nisbatini, o’zaro bog’liqligini ochib beriladi. Demak, bu asar erkinlik yoki xukuk falsafasigagina bo’lmay, «siyosat falsafasi» yoki siyosatning falsafiy taxlilidir.
- Ayniqsa, asarning «Axloq» qismida falsafiy masalalariga batafsil izox bergan. Bunda Gegel oila, fuqarolik jamiyati va davlatning moxiyatini ochib beradi. Ularni jamiyatning eng asosiy tushunchalari deb ko’rsatiladi. Gegel davlat to’g’risidagi goyaga, davlatning dinga, ijtimoiy fikrga munosobati, davlat institutlari va xokimiyat moxiyati, davlatningt tarixiy tiplari va uni boshqarish masalalariga keng o’rin ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |