Sotsial guruh va sotsial institut
Sotsial (ijtimoiy) institutlarning (o‘ziga xoC) belgilari
Download 40.1 Kb.
|
Sotsial guruh va sotsial institut
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari
Sotsial (ijtimoiy) institutlarning (o‘ziga xoC) belgilari:
1. Insonlar (yangi avlod) ijtimoiylashuvi, umumjamiyat manfaatlari muvofiqlashuvi, ijtimoiy faoliyat va xulq-atvor shakllari, malaka me’yorlarini berish mezoni. 2. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, milliy, diniy qadriyat, urf-odatlardan foydalanishda uzluksizlik va vorislikka asoslanadi. 3. Ijtimoiy institut tabiati, shakllari, tashkillashtirilishi, tarixiy o‘ziga xos jihatlari, o‘tmish va jamiyatning o‘z chuqur xususiyatlari bilan belgilanadi. 4. Geografik tabiiy-iqlim va milliy-etnik omillar bilan harakterlanadi. 5. Jamiyat ehtiyojlari, hudud ijtimoiy hayoti muayyan sohali, kishilar jamoasi va ayrim fuqarolar uchun xizmat qiladi. 6. O‘z ijtimoiy sifatlari bilan farqlanadi. 7. Jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy, oilaviy-maishiy va boshqa sohalarini qamrab oladi. 8. Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar ishlab chiqarish aloqalarini ta’minlash bilan birga, ularni jamiyatning siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalari bilan bog‘laydi. 9. Siyosiy ijtimoiy institutlar jamiyatda siyosiy manfaatlar, munosabatlar va an’analarni jamlangan shaklda namoyon etadi. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va xalqaro qoidalariga xos bo‘lgan sotsial institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishini, taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati (ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar (maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan va din institutlari) amal qiladi. Demak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari: 1. Oila – jamiyatning muhim institutlaridan biri. 2. Ijtimoiy-madaniy institutlar. 3. Qarindoshlik instituti. 4. Nikoh instituti. 5. Ta’lim (maktab, oliy ta’lim va h.k.) instituti. 6. Kommunikatsiya (informatsion texnologiya) va ommaviy axborot vositalari (OAB) instituti. 7. Din instituti. 8. Mehnat instituti. 9. Iqtisodiyot instituti va h.k. 10. Mahalla instituti. 11. Adabiyot instituti. 12. Kino, teatr va h.k. Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo‘ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lishi tabiiydir. Sotsial institutlarning amal qilish doirasi va vazifalariga ko‘ra ko‘rinishlari quyidagicha: 1. Regulyatsion (yozma ma’lumotlarga asosan) institutlar. 2. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. 3. Integrativ (uyg‘unlashtiruvchi) institutlar. 4. An’anaviy sotsial institutlar. 5. Madaniy sotsial institutlar. Demak, amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Relyatsion (yozma ma’lumotlarga asoslanuvchi) institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi. 2. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo‘llaniladigan sanksiyalarni (bunda sotsial nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi. 3. Integrativ (uyg‘unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas’ul bo‘lgan sotsial rollarni ifodalaydi. 4. An’anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va qarindosh –urug‘chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog‘liqdir. 5. Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog‘liq muassasalar. Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash; b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo‘lgan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakllari); B) ishlab chiqarish va taqsimot; g) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo‘lgan muayyan sotsial institutlar amal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo‘lgan sotsial institutlar shakllanish jarayoni ro‘y bermoqda. Bular: Iqtisodiy sohada – bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar; Siyosiy sohada – demokratik hokimiyat turli bo‘g‘inlari faoliyatini ta’minlash; Download 40.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling