Sotsial guruh va sotsial institut
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida nikohning quyidagi turlari mavjud
Download 40.1 Kb.
|
Sotsial guruh va sotsial institut
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poliandriya nikoh.
- Oilaning huquqiy asoslari
- Oilaning funksiyalari va uning tiplari.
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida nikohning quyidagi turlari mavjud:
Monogam nikoh. Nikohning bu turi eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, 2 ta shaxs o‘rtasida amalga oshiriladi. Poligeniya nikoh. Yunoncha poli – ko‘pchilik, geniya – nikoh, ya`ni bitta erkakning bir necha ayollar bilan qonuniy nikohda turishidir. Bu ko’proq arab mamlakatlarida bor. Poliandriya nikoh. Bunda bitta ayol bir necha erkaklar bilan nikohda bo’lishi mumkin. Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi: Oilaviy hayot sharoiti, oila tarkibi, oila funksiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkurava boshqalar. Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o’zida ifodalaydi. Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o’ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) deganda, oila va uning a`zolari hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag’ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: biologik ko’payish, tarbiyaviy, xo‘jalik-iqtisodiy, o‘zaro yordam, kommunikativ, regulyativ kabilar. Oilaning huquqiy asoslari: 1. Inson huquqlari umumjahon Dekloratsiyasi (1948 yil 10 dekabr) 16-moddada berilgan. 2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr) 63-66-moddalarda bayon etilgan. 3. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi (1998 yil 30 aprelda qabul qilingan) 8 bo‘lim, 238 moddadan iborat. Oilaning funksiyalari va uning tiplari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (63-modda)da ta’kidlanganidek, “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. Nikoh va oila sotsiologiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra juda keng qo‘llamga ega bo‘lib, hozirgi zamon oila-nikoh munosabatlarining tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy o‘zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy-yuridik yo‘nalishi, ahloqiy-estetik, oila va islom dini, oila va aholi salomatligini himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi va tuzilishi, oilaning moddiy-iqtisodiy ta’minoti, turmush darajasi, oilada er-xotinning o‘rni va roli, oiladagi ruhiy muhit, oilaviy mojarolar va ajralishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo‘nalishlar muhim sotsiologik tadqiqot ob’ek]ti bo‘lib kelmoqda. Download 40.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling