Sotsial guruhlar va sotsial institutlar
Download 17 Kb.
|
Sotsialogiya 3
Sotsial guruhlar va sotsial institutlar.
1.Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy belgilari. Sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. 2.Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. 3..Din sotsiomadaniy institut sifatida. Dinning funksiyalari. Zamonaviy jamiyatda dinning o‘rni. Din bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 4.Ta’lim sotsial institut sifatida.Oliy ta’lim va fan: tarkibi va ilmiy-pedagogik qadrlar. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi va Evropa universitetlari: umumiylik va xususiylik. 1-Reja:Sotsial guruh tushunchasi va uning asosiy belgilari. Sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko‘p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, ba’zan majburiylikdan, ba’zan o‘zi hohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruxlarga a’zo bo‘ladi va ularning vakili bo‘lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi,xususiyat) bilan nisbatan ma’lum guruxlarga ajratish - sotsiologik tahlilning g‘oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o‘tish lozimki, garchi “sotsial gurux” termini sotsial tadqiqotlarda keng ko‘lamda qo‘llanilsa ham,lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategorik xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ektni aniqlash uchun ishlatiladi. Guruxga xarakterli xususiyatlar quyidagilar: gurux soni, ichki tashkilot, ya’ni institutlar, nazorat shakillari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.Gurux soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan azolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada azolar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir to‘plamga kelingani yo‘q. Guruxlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruxlar o‘zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman katta sotsial gurux deganda, a’zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruxlari tushuniladi. Kichik guruxlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a’zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruxlar tushuniladi. Bu guruxlar ko‘pincha samimiy do‘stlik munosabatlari bilan bo‘ladi, gurux a’zolari o‘rtasidagi bevosita o‘zaro aloqalar ustun turadi, gurux a’zolari o‘rtasidagi munoabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi.Kichik guruhlarga oilani, do‘stlarni, qo‘shnilarni, ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Download 17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling