Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Prof. V.M. Karimova


12 
 

 
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA
 
 
 
 
 
 
1.1. Ijtimoiy psixologiya 
fanining predmeti va vazifalari 
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning 
bilan birga u o’ta navqiron fandir. 
Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy 
ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan 
kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi ekanligi 
bilan e’tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o’z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida 
tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida 
shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy 
psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so’z borar ekan, uning rasman 
e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall 
o’zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa 
“Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda 
birinchi marta alohida fan – ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va 
uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham – biri psixolog, ikkinchisi 
sotsiolog bo’lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot 
hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg’unlikda o’rganishdir, degan umumiy 
xulosaga kelishgan. To’g’ri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili 
ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan o’ziga 
xos qarashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom 
etayotganligiga asos bo’ldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy 
psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi – psixologmi, 
faylasufmi yoki sotsiologmi, – uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o’z 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling