Sotsial psixologiya Darslik
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada
shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo’lib, u o’zining 1908 yilda yozgan “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta’minlovchi narsa tug’ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo’lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo’lgan barcha qismlar – ya’ni, efferent – qabul qiluvchi, reseptiv bo’lim, afferent (harakat) va markaziy bo’limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. Shunga o’xshash fikrlar E.Ross (“Ijtimoiy psixologiya”) va J.Bolduin (“Ijtimoiy psixologiya bo’yicha tadqiqotlar”) qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida – tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy irsiyat odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi. Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi – ongsizlikdir, ya’ni instinktlar bo’lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo’ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog’liqligini Makdugall 32 juftliklarda ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti – qo’rquv, g’azab hissi; nasl qoldirish instinkti – rashk, ayollardagi tobelik hissi; o’zlashtirish instinkti – xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug’ma instinktlar rolining yuqori qo’yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o’rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo’ydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. Demak, yuqorida to’xtab o’tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug’ilishi lozim bo’lgan, lekin yetarli ilmiy asosi bo’lmagan fan – ijtimoiy psixologiyaning istiqboldagi tadqiqot mavzularini ochib berdi. Qolaversa, bu uchala yo’nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda obyektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko’rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling