Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
3.1. Asosiy metodlarning 
qisqacha tavsifi 
Har bir alohida fanda bo’lgani singari ijtimoiy 
psixologiyaning o’z metodlari va ularni qo’llash 
vositalari mavjud. 
To’g’ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya fanlarida 
qo’llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga 
olgan holda ularni ishlatish yo’llari va ma’lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda 
farqlar mavjud. 
Masalan, umumiy psixologiyada bo’lgani kabi ijtimoiy psixologiyada ham 
kuzatish metodi qo’llaniladi, lekin kuzatuv obyekti konkret shaxsdagi psixik 
faoliyat emas, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish 
mumkin bo’lgan ijtimoiy xulqidir. Ya’ni, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan 
reja asosida o’zi o’rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-
harakatlarni ma’lum vaqt birligida muttasil kuzatib, olingan ma’lumotlarni qayd 
etib boradi. Bunda zamonaviy audio va videotexnikadan foydalanish, u yoki bu 
harakatlarni qayta-qayta ko’rish orqali kerakli xulosalarni chiqarishi mumkin. 
Ayniqsa, hozirda fan va texnologiyalar, mobil aloqa vositalari keng quloch yozgan 
sharoitda turli ijtimoiy vaziyatlarda odamlar xulq-atvorini kuzatish va qayd etish 
unchalik qiyin ish emas. Raqamli yozish vositalarining ko’pligi esa kuzatish 
obyektlarini kompyuter tarmog’iga tushirish va xatti-harakatni bir necha 
tahlilchilar hukmiga havola etish imkoniyati ham mavjud. Ijtimoiy psixologiyada 
qo’llaniladigan kuzatish metodining asosan uch shakli mavjud:
a) “qo’shilib kuzatish” – bunda tadqiqotchi kuzatiluvchilar faoliyatiga 
bevosita aralashib, ular bilan kerak bo’lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng 
muhim xususiyat uning tabiiyligi bo’lib, kuzatish obyektlari o’zlarining 
kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va kuzatuvchini guruhning a’zosi sifatida qabul 
qiladilar. Ushbu shartning buzilishi eksperimentning samarasiz bo’lishiga olib 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling