Sotsial psixologiya Darslik


 Turli informasion-psixologik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

8.4. Turli informasion-psixologik 
vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi 
Ochiq 
axborot 
kommunikasiyasi 
jarayonida yoshlar ongiga ta’sir
etayotgan yot g’oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval 
yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorini o’rganish lozim. Ijtimoiy xulqda ko’zga 
tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimalardandir cho’chish 
va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o’zini olib qochishga intilish hislarining 
namoyon bo’lishidir. Chunki agar psixologik himoya holatining mohiyatidan 
kelib chiqiladigan bo’lsa, bu – shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday 
holatki, unda odam ichki ruhiy mu’tadillikni asrash uchun o’zidagi 
xavotirlanish, qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo’lishga 
intiladi. Psixologik himoya – shaxsni turli salbiy ta’sirlardan asrashga
psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shunday holatlarda odam 
odatda shaxslararo munosabatlarda o’zini boshqacharoq tutadigan bo’lib qoladi. 
Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar: 

ochiq his-kechinmalarni bosish, ko’rsatmaslikka urinish

rad etish, ya’ni noma’qul ma’lumotni ochiq rad etish, qo’shilmaslik; 

proyeksiya – o’zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi obyektlarga 
ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarini tashqaridan qidirishga 
moyillik; 

identifikasiya – o’zini axborot egasiga o’xshatish, uning o’rniga o’zini 
qo’yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o’zlashtirish; 

regressiya ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan qaysidir 
voqyelarga qaytish, ularning yaxshi va ma’qullarini yana xotirada tiklash va 
xulqda qaytarish orqali o’zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish; 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling