Sotsial psixologiyada bixeviorizm
Download 398.97 Kb.
|
abdalniyazova rayhonoy, sotsial psixologiyada bixev.
Boshqa so’z bilan aytganda Bixeviorizm (ing. Behaviour xulq) — 19-asrning oxiri — 20-asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. Bixeviorizm taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xatti harakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm introspektiv psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida yuzaga kelgan.
Pozitivizm falsafasi tamoyillari B.ning umummetodologik asosi boʻlib xizmat qilgan. Bu tamoyilga koʻra, fan, bevosita kuzatib boʻlmaydigan ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa boʻladigan narsalarnigina qayd etishi lozim. B. nuqtai nazaridan xulq “stimul—reaksiya” (S—R) aloqalarining majmui sifatida talqin qilingan (tushunilgan). B.ning ilk gʻoyalari E. Torndayk (1874— 1949) asarlarida oʻz aksini topgan. B. dasturi va shu atamaning oʻzi birinchi bor J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). B. ilmiy asoslarining shakllanishiga V. M. Bexterev va I. P. Pavlovlarning ishlari katta taʼsir koʻrsatgan.
Download 398.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling