Sotsiolingvistika nima jumayeva muxlisa sotsiolingvistika lot societas — jamiyat va lingvistika


Download 1.23 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1057289
1   2   3
Bog'liq
SOTSIOLINGVISTIKA

JUMAYEVA MUXLISA

Sotsiolingvistikaning manbalari. Tilning ijtimoiy turli-tumanligi haqidagi dastlabki fikrlar 17 asrning boshlarida vujudga kelgan edi.Jumladan,Ispaniya Salaman universiteti professori Gansalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi xususida shunday yozgan:Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari,mazkur viloyatlarda yashovchilarning yoshi,mavqeyi,mol-mulki bilan bog’liq ayrim shakllar ham mavjud bo’ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, shaharliklar, zadagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, qariyalar, erkaklar, ayollar va hatto, bolalarning tillaridir”.


JUMAYEVA MUXLISA

“Sotsiolingvistika” termini fanga birinchi marta 1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan kiritilgan. J.A.Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of Language”) nomli to’plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari, madaniyat antropologlari, dialektologlari va mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko’tarib chiqilgan. Kitobning “So’z boshi”sida J.A.Fishman “til sotsiologiyasi” va “sotsiolingvistika” terminlarining sinonim sifatida qo’llanishiga e’tibor qaratadi. Sotsiolingvistikaning shakllanishida I.A.Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qo’llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari katta rol o’ynagan.


JUMAYEVA MUXLISA

XX asrning birinchi yarmida Fransiya, Rossiya, Chexiya tilshunoslik maktablarida tillarning ijtimoiy tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Rus tilshunoslari I.A. Boduen de Kurtene, Y.D.polivanov, L.P.Yakubinskiy, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, A.M.Selishev, G.O.Vinokur, fransuz tilshunoslari F.Bruno, A.Meye, P.Lafarg, M.Koen, shved tilshunoslari B.Gavranek, A.Mateziuslarning ilmiy g’oyalari sotsiolingvistikaning fan sifatida shakllanishiga turtki bo’ldi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling