Sotsiologiyada sotsial guruh, sotsial tashkilot va sotsial institut


Download 1.74 Mb.
Sana09.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1256316
Bog'liq
5 mavzu


Sotsiologiyada sotsial guruh, sotsial tashkilot va sotsial institut tushunchalarini farqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tarkibiy jihatdan, tuzilishiga ko‘ra, maqsad va vazifalari asosida bir-biridan farqlanadi. Shular asosida ularni o‘rganishda turli yondshuv hamda omillar, tamoyillar asos qilib olinadi. Misol uchun “sotsial institut” va “sotsial guruh” o‘rtasida quyidagi ichki farqlar mavjud: Sotsial guruh o‘zaro harakatdagi insonlarning yig‘indisi bo‘lsa, sotsial institut inson faoliyatining ma'lum sohasida amal qiluvchi sotsial aloqalar tizimi va sotsial normalar yig‘indisidir. Misol uchun oila o‘zida ham kichik sotsial guruh ham sotsial institutning xossalarini birlashtirgan sotsiologik jihatdan betakror, ya'ni unikal sotsial tizim hisoblanadi. Oila jamiyat strukturasining kichik modeli, o‘zida jamiyatning sotsiomadaniy xususiyatlarini mujassamlashtirgan hosila hamda mustahkam bog‘liqlikka ega bo‘lgan kichik guruh sifatida namoyon bo‘ladi. Oila sotsiologiyada sotsial institut sifatida uning turmush tarzi va bajarayotgan vazifalari qay darajada jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari va talablariga muvoffiqligi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Tadqiqotchilarni, eng avvalo, kichik guruh sifatida oilaning xatti-harakat namunalari qiziqtiradi.
306 A BS Mansurova Shaxzoda
  • Sotsial jamoa – bu insonlarning nisbatan mustahkam uyushmasi bo’lib, unga birikkan insonlar hayotiy faoliyatlari va tafakkur tarzining ma’lum jabhalarida o’xshash tomonlariga ega bo’lish bilan birga ma’lum darajada yagona qadriyatlar, an’analar va manfaatlar asosida birlashadi.
  • Sotsial jamoalar insonlar tomonidan ongli ravishda tashkil qilinmaydi. Ular ijtimoiy rivojlanishning tabiiy ketma-ketligi davomida hosil bo’ladi. Har xil turdagi sotsial jamoalar turli ob’ektiv sabablar asosida vujudga keladi. Ba’zi jamoalar ijtimoiy ishlab chiqarish asosida paydo bo’ladi. Bularga ishlab chiqarish kollektivi, ijtimoiy sinf, ijtimoiy-kasbiy guruhni kiritish mumkin. Etnik asosda yaratilgan sotsial jamoalarga elatlar va millatlar misol bo’ladi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling