Sotsiometriya metodikasi
Shaxslararo munosabatlarni o’rganish metodikalaridan biri sotsiometriya metodidir. Birinchi bo’lib bu metod amerikalik psixolog DJON MARINO tomonidan taklif qilingan. Sotsiometriya metodi turli guruhlarda, jamoalarda shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini o’rganishda psixologiyada keng qo’llaniladigan eng samarali vositalardan hisoblanadi.
Sotsiometrik tahlil ma’lumotlari shaxsni guruhga tutgan o’rni, guruhda shaxslararo munosabatning xususiyati, guruh lideri, guruh yulduzi, guruh a’zolarining guruhdagi mavqei, guruhni yakkalanib qolgan a’zosi, guruhdagi kichik guruhchalar (mikro va makro ), ularning tarkibi, o’zoro munosabatlari, guruhdagi psixologik iqlim va shu kabi qator ma’lumotlar olish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sinaluvchilarga aytilmaydi. Ularga bu haqida qisqacha ma’lumot berish mumkin xolos. Shuni esda tutish lozimki, guruhdagi norasmiy aloqalar tizimini hammaga aytish guruh tizimida kutilmagan noxush hodisalarga olib kelishi, munosabatlarga, o’zoro muloqotda nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sotsiometriya bir qator savollarga berilgan javoblarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bu usulni amalga oshirish davomida tikshiruvchiga nisbatan bir qator talablar quyiladi:
Avvolo, berilgan javoblar qattiq sir saqlanishi kerak;
Javob berish chog’ida har tikshiriluvchining mustaqil hamda erkin bo’lishga sharoit yaratish kerak;
Tikshirish davomida tikshiruvchi o’zini ochiq yuz bilan quvnoq holda tutishi kerak.
I. Diognostik tadbirning mavzusi
Shaxslararo munosabatlarni psixologik diognostika qilish
II. Diognostik tadbirning maqsadi
Gurhdagi shaxslarning bir-biriga bo’lgan munosabatini va guruh a’zolarining guruhdagi o’rni va shu guruh ichidagi guruhchalarni aniqlashdan iborat
III.Foydalanilgan material
Sotsiometriya metodi
IV.Tadqiqot vazifalari
1.Tadqiqot netodikasi tanlash;
2. Eksperimental modelni yaratish;
3. Metodikani o’tkazish;
4. Natijalarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |