Sotuvchi xaridor va narx
Download 0.6 Mb.
|
219 mavzu sotuvchi xaridor va narx matni
Mavzu:”Sotuvchi xaridor va narx “ matni Darsning maqsadi: 1. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda matn orqali o‘z huquqlarini bilishga undash va bilimlarni mustahkamlash. 2. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda insoniy hislatlarni, adolat, mehr-shafqat kabi komil insonga xos sifatlarni shakllantirish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilar og`zaki va yozma nutqini shakllantirish, o’stirish. Darsning tipi: yangi bilim berish va tushunchalar hosil qilish Darsning uslubi: noan’anaviy Darsning usuli: musobaqa, savol-javob, BBB Darsning jihozi: darslik, tarqatma va ko`rgazmali materiallar, slayd, qo`shimcha adabiyotlar. Darsning borishi I. Tashkiliy qism : a) salomlashish ; b)navbatchi hisoboti ; v) tozalik . Dars shiori : Nafosat – go`zallik shu tilga xosdir . Darsning maqsadi : Ilm cho`qqisini zabt etamiz. II.O’tilgan mavzuni so’rash: Guruhlarga bo‘lib savol-jabob o‘tkazish. Mavzu: :”Sotuvchi xaridor va narx “ matni O’tilgan mavzuni so’rashda quyidagi savollardan foydalanamiz: Oldi-sotdi nima? Qanday hollarda sotuvchi qonun oldida javobgar bo‘ladi Yaroqli buyum qanday bo‘ladi Siz sotuvchidan buyumga oid qanday ma’lumotlarni so‘rashga haqlisiz III. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu tushuntirilgach, “Tez o‘qish ” mashqi orqali matn ketma -ket o‘qiladi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1Ubaydullo bobo nima uchun bozorda aynan olmaning narxini so‘radi 2 Sotuvchi xaridor o‘rtasidagi suhbatni qayta o‘qish 3 Savdo kimning foydasiga hal bo‘ldi 4 Buva Malikaxonlarga nimani tushuntirdi V.O’quvchilar bilimini baholash:G`olib guruhlar aniqlanadi, darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI.Uyga vazifa Ubaydullo buva va sotuvchi o‘rtasidagi suhbatni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so’zlar nimaning ifodasi ekanini aniqlang va yozing. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling