Sovet davrida O’zbekistonda tarix fani
Download 221.95 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
Sovet davrida O’zbekistonda tarix fani Reja: 1. 20-30 yillarda tarix fani. Mahalliy tarixchilar. 2. O’zbekitonda ilmiy muassasalarning tarixchi mutaxasislar tayyorlashdagi o’rni. 3. Sovet hokimiyati qarshi qurolli kurash tarixi.
Oktyabr to’ntarishi amalga oshishi bilan Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda unga mos bo’lgan ilmiy tadqiqotlarning tashkil e`tishning shakl va usullarini maqsadida vazifalarini metodologiyasini ishlab chiqish ilgari surildi. Kommunistik partiya asosiy e`tiborni partiya tarihi yunalishiga qaratdi. Tarihiy izlanish maktablari yuq qilib tashlandi.Tarih fanini jadallik bilan siyosiylashtirish va g’oyalashtirish jarayoni yuz berdi uslubiyatda sinfiylik bir hillik tamoyili yuzaga kelib tarihni sinfni o’zi yaratadi degan qoida qaror topdi. Sobiq sovetlar tuzumi davrida ijtimoiy fanlarga shu jumladan tarihshunoslikka e`tibor va munosabat bolshevistik tuzum talabi va manfaatlari nuqtai nazaridan qarab kelindi, lekin shunga qaramasdan zamonaviy ilmiy tarihshunoslik shakillandi va rivoj topdi.Bu davrda bir qancha milliy tarihchilar etishib chiqdi. 1918 yilda Toshkentda Turkiston SHark instituti ochildi.Bu ilmgoh 1924 yilda O’rta Osiyo universitetiga birlashdi.1927 yilda Samarqanda Oliy pedagogika instituti ochildi.Bu oliy o’quv yurtlarida ko’plab qo’lyozma kitoblar vaqfnomalar va vasiqalar yig’ilib ilmiy tadqiq e`tildi. V.Bartol'd , V. Vyatkin va Zimin kabi sharqshunos va o’lkashunos olimlar o’rta asrlar tarihini hamda turli hildagi qadriyatlarni o’rgandilar. Ammo mahaliy tarihshunoslikning shakllanishi va uning rivoji B. Soliev, M.Saidjonov , S.Ayniy, A .Fitrat, T. Riskulov, F.Hujaevlarning nomi bilan bog’liq. O’zbekistonda 1932 yilda Fanlar Komitetining tuzilishi tarihshunoslikni rivojlanishida muhim ro’l o’ynadi. 1940 yilda Fanlar Komiteti Ittifoq FA ning O’zbekiston filialiga aylantirilib, uning qoshida Til.adabiyot va tarih instituti ochildi. 1940 yilda O’rta Osiyo Davlat Universitetida O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi ochildi. O’zbekistonda tarihshunoslikning tarraqiyotida Moskva va Leningrad olimlari bilan bo’lgan hamkorlik K.V.Trever, A. YU.YAkubovskiy, M. Nechkina, M. Drujinin, S Tolstovlar ijobiy natijalar berdi. Bu davrda O’zbekiston halqlari tarihining davrlanish masalasi ishlab chiqilib e`ng qadimgi va qadim, shuningdek O’rta asrlarda ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotda sodir bo’lgan tadrijiy o’zgarishlar yozma manbalar va moddiy yodgorliklar asosida o’rganildi va ilmiy tadqiq e`tildi. Natijada 1947-1950 yillarda ilk bor
O’zbekiston halqlari tarihining ikki jildi yaratildi. Uni nashrga tayyorlashda K. Trever, F YAkubovskiy, N. Baykovlar bilan birga o’zbek olimlari YA. Gulomov , R. Nabiev, V.Zohidov va boshqa olimlar ishtirok e`tishdi. Keyinchalik bu fundamental asar asosida O’zbekiston tarihi uch jildda nashr e`tildi. Keyinchalik Tarih va arheologiya instituti tarihiy tadqiqotlar bo’yicha ilmiy markazga aylandi.
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash voqealari shu mustabid hukumat hukmronligi sharoitida o’zining holisona haqiqiy ilmiy talqinini ololmasligi maqarrar e`di. CHunki bu kurash sovet hokimiyatining Turkistondagi hukmronligi va zulmiga qaratilgan e`di. Uning sabablarining holisona e'tirof e`tilishi sovet hokimiyatining mustamlakachilik mohiyatini fosh e`tardi. Ushbu kurashning umumhalq harakteri Turkiston halqlarining sovet hokimiyati va uning g’oyalarini tan olmaganidan dalolat berar edi. Kurashning shiddati, ommaviyligi qariyb 5-6 yil davomida engilmay olib borilgani Turkiston xalqlarining shijoati milliy g’urur va mustaqillik istagi naqadar kuchli ekanligini namoyon e`tib sovet hokimiyati va uning g’oyalarini tan olmaganidan dalolat berar e`di..Kurashning shiddati ommaviyligi kariyib 5-6 yil davomida engilmay olib borilgani Turkiston xalqlarining shijoati milliy g’urur va mustaqillik istagi naqadar kuchli ekanligini namoyon e`tib, sovet hokimiyatining kuch va zurlik bilan urnatilganligini fosh e`tardi .Bu kurash haqidagi haqqoniy tasavvurlar xalqda milliy g’urur, o’z kuchiga ishonch, ajdodlarga hurmat, sovet davlatiga esa nafrat uygotishi shubhasiz e`di. SHu sabablar tufayli sovet hokimiyati bu kurash mohiyatini u haqdagi haqiqatni haqqoniy tasavvurlar va hotiralarni xalq ongidan uchirib yuborish uni qoralash notug’ri talqin e`tish sohtalashtirish va bu sohta tarihni avlodlar ongiga singdirish maqsadida juda katta tashkiliy tashvikot -targibot ishlarini olib bordi. Lekin xalq ongidan uning o’zi guvoh bo’lgan, ishtirok e`tgan voqealarni o’chirib tashlash unga notug’ri talqin e`tib, sohta tasavvurlarni singdirish oson emas edi Sovet adabiyotlari ijtimoiy siyosiy hayot voqeligi, mafkuraviy sohada olib borilgan faoliyat tahlilining ko’rsatishicha bunga zuravonlik , tahdid, tazyiq va ta'qiblar asosidagina erishilgan. Bu muammoga doir sovet tarihshunosligi quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan.20- yillar- sovet hokimiyatiga qarshi kurashlarning tarihiy talqini yo’lidagi ilk tajribalar haqqoniy va sohta qarashlarning shakllanishi. 2-bosqich 30-50 -yillar 2inchi yarmi - bolshevikcha konsepsiya asoslarining yaratilishi va majburiy qaror toptirilishi. 3-bosqich-50-80 yillarning O’rtalari - bolshevikcha - lenincha konsepsiyaga asoslangan sohta tarihning yaratilishi. Uning yanada sinfiylashtirilib ommalashtirilishi. Goyaviy kurash maydoniga aylantirilishi. 4 boskich- 80-yillar ohiri-90-yil-sohta tarihning fosh e`tilishi. Haqiqatning ilk sadolari. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash sabablari va mohiyati zamondoshlar tomonidan qanday baholangani haqida qayd etilgan aniq ma'lumotlar, bu voqealar haqida dastlabki yillarda mutlaqo haqqoniy ijtimoiy qarashlar shakllanganidan dalolat beradi. Bunday sharoitda sovet hokimiyati va hukmron mafkura ko’zlagan maqsadiga, ya'ni haqiqatni sohtalashtirib uning o’z manfaatlariga moslashtirilgan sohta talqinini yaratishga erisha olmasligi shubhasiz e`di.
SHu tufayli bu kurashlar haqidagi haqqoniy axborotlar, mulohaza va tasavvurlarga barham berish, ularni oshkor e`tishga yul kuymaslik choralari belgilandi. 1921-1922 -yillardan boshlab matbuotda bosmachilik rukni ostida maqolalar chop etildi. Hukmron tomon manfaatlariga moslashtirilgan real ahvolni .notug’ri baholagan, uning asl mohiyati buzilgan. Bu xabar va sharhlarda bosmachilar sinfiy dushman qizil armiya mehnatkashlar haloskori degan sohta tasavvurlar targ’ib e`tildi. Ya'ni sovet hokimiyati zuravonligiga qarshi mahalliy xalqning adolatli kurashi bosmachilik harakati degan tuhmat tamg’asi ostida qoralanib, bu hodisa haqida jamoatchilik orasida salbiy tasavvurlar aniqrogi sohta ijtimoiy qarashlarni yuzaga keltirish, uni mustahkam qaror toptirishga kirishildi va bu davlat ahamiyatiga molik masala darajasiga kutarildi. asala xususida juda keng miqyosda tashkiliy targ’ibot ishlari olib borildi. Qizil armiya siyosiy targ’ibot
bo’limlari, maorif, matbuot minglab kommuristlar faoliyati shu vazifaga bo’ysundirildi. Katta mablag’lar sarf e`tildi Sovet hokimiyati qo’lida sinfiy kurash ta'limoti asosiy g’oyaviy qurol bo’lib xizmat qildi. 50- yillarning 2nchi yarmidan boshlab Turkiston xalqlarining mustabid sovet hukumatiga qarshi olib borgan kurashlarini bosmachilik fuqarolar urushi sifatida ta'riflagan sovet tarihshunosligida yangi bochkqch boshlandi. Bu davrda eng avvalo muammo talqinida stalincha mezonlardan voz kechildi. Bu masala KPSS HH s’ezdi kun tartibidan joy oldi. Sovet adabiyotlarida sovet hokimiyatining Turkistondagi milliy ozodlik uchun kurash frontiga qarshi qo’llagan chora tadbirlari razil faoliyati mutlaqo oqlandi, qizil beyoqlarda ko’rsatildi, sinfiy kurash sifatida yoritildi. Mustabid hukumatning bu boradagi siyosati, qo’llagan keskin chora tadbirlari eng yirik harbiy tuqnashuvlar, sovet davlatining o’lkadagi milliy siyosati bir yoqlama - mustamlakachilar nuqtai - nazaridan talqin e`tildi. Ularda real ahvol o’z aksini topa olmadi. Bundan keyingi tadqiqotlarni yaratishda markaz nazoratini ta'minlash , g’oyaviy chetga chiqishlarga yo’l qo’ymaslikka alohida e'tibor berilda. Buni ta'minlashda SSSR FAning Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasi muammosi bo’yicha tuzilgan ilmiy kengash qoshida 1962 yilda tashkil e`tilgan. O’rta Osiyo ilmiy kengashi katta ro’l o’ynadi. 1917-1920 -yillardagi voqealar tarihining muhim masalalarini ishlab chiqishda O’rta Osiyo olimlariga yordam berish, ularga yo’llanma va kursatma berib boshqarib turish, ushbu bulimning muhim vazifalaridan biri. Ilmiy kengash O’rta Osiyo bo’limining bevosita rahbarligida ikki jilddan iborat hujjatlar tuplami tayyorlashdi. 1158 ta hujjat jamlangan bu tuplamda rasmiy harbiy buyruqlar, yozishma, kursatma axborotlar joy olgan bo’lib, ular sovet hukumatining tashkiliy faoliyatini butunlay oqlab ko’rsatishga qaratilgan. Markaz olimlari tomonidan yaratilgan barcha asarlarda sovet hokimiyatining 1918-1924-yillardagi faoliyati ideallashtirildi, uning juda katta yo’qotishlar, zo’ravonlik, zo’riqish hisobiga amalga oshirgan. Adabiyotlar ro’yhati:
Download 221.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling