Sovet hokimiyatining o’rnatilishiga qarshi harakat. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatog’onlik siyosati, uning oqibatlari


Download 1.01 Mb.
Sana02.12.2020
Hajmi1.01 Mb.
#157076
Bog'liq
tarix 8


Sovet hokimiyatining o’rnatilishiga qarshi harakat. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatog’onlik siyosati , uning oqibatlari

1917 yil 27 fevralda Rossiya poytaxti Pyotrogradda demokratik inqilob g`alaba qozondi va chorizm ag`darildi. Bu voqea Turkiston o`lkasiga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Turkistonda ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiy komitetlar tashkil etila boshlandi. 1917 yil mart oyida mahalliy aholining ilg`or ziyolilarining vakillari Shuroi islom tashkilotini tuzdilar.

            Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida o`lka muxtoriyati masalasi asosiy masalaga aynaldi.

            1917 yil 31 mart kuni rus podshosining o`lkadagi tayanchi-Turkiston general-gubernatori hokimiyatdan chetlashdirildi. 1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumatning qarori bilan uning Turkiston komiteti tashkil qilindi va N.N.Shchepkin uning raisi qilib tayinlandi. Bu komitet a`zoligiga turkiy xalqlar vakillaridan to`rttasi: Buxeyxon, Tanishboyev, Maqsudov va Davletshin kirdilar.

            1917 yil 16 aprelda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi ish boshladi. Qurultoyda Turkiston musulmonlarining markaziy rahbar organi — Turkiston o`lka musulmon Shurosini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.

            Turkiston musulmonlari faollarining birlashish harakati murakkab va ziddiyatli ichki vaziyatda rivojlandi. 1917 yil iyun oyida munavvar Qori boshchiligidagi Shuroi Islomiya tashkilotidan Shuroi Uloma deb ataluvchi yangi tashkilot ajralib chiqdi.

            1917 yilning sentyabr oyining boshlarida Turkiston o’lkasi markazi bo`lgan Toshkent shaxrida siyosiy vaziyat juda keskinlashib ketdi. Bunday sharoitlarda Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmon yetakchilari o’rtasidagi bo’linishdan foydalanib hokimiyatni ko’lga olishga harakat qildi.

            1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butun Turkiston musulmonlarining 2 qurultoyi ochilib, uning qatnashchilari hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealaridan so’ng jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshilik yanada keskinlashib o’lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning yo`llari bir biridan ajralib ketdi.

            1917 yil 17-20 sentyabrda Turkiston va Qozog`iston o’lkalari musulmonlarining qurultoyi bo’lib, unda butun Turkiston va Qozog`iston uchun umumiy bo’lgan Musulmonlar ittifoqi (Ittifoqi muslimin) degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. Bu partiya o’lkada mavjud bo`lgan Shuroi Islamiya, Shuroi Ulamo, “Turon va boshqa tashkilotlarning birlashtirilishi natijasida shakllandi.

            Musulmon yetakchilarining 1917 yil sentyabrdagi qurultoyida ham asosiy masala o`lkadagi siyosiy boshqaruv to’g`risidagi masala bo`ldi. Qurultoyda demokratik Rossiya tarkibiga xududiy federatsiya — Turkiston federativ Respublikasini tuzish g`oyasi olg`a surildi.

            1917 yilga fevral inqilobidan so’ng Turkiston o`lkasida kasaba uyushmalari ommaviy ravishda tashkil etildi, Toshkentda va boshqa yirik shaharlarda mahalliy xalqlar tillarida gazetalar chiqa boshladi.

            Turkiston o`lkasining tarkibiy qismi bo’lgan Amudaryo bo’limining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham katta o’zgarishlar bo’lib o’tdi. 1917 yil 17 martda Pyotro-Aleksandrovsk ijtimoiy havfsizlik komiteti tashkil etilib, u Muvaqat hukumatning o’lkadagi tayanchiga aynaldi. 1917 yil 16-aprelda Pyotro-Aleksandrovsk shahar dumasiga ochiq saylovlar o’tkazildi va bu duma ham Muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatlovchi organ bo’ldi.

            Pyotro-Aleksandrovskiyda musulmonlar ittifoqi tuzilib, u Toshkentdagi Shuroi Islamiya tashkilotining Turkiston xalqlariga milliy muxtoriyat berilishi to’g`risidagi g`oyasini qo’llab-quvvatladilar.

            1917 yil oktyabr oyida Rossiyada to’ntarish bo’lib o’tdi. Bu voqeadan so`ng tez orada uning ta`sirida 1917 yilning 1 noyabrida Toshkentda qurollangan yevropali ishchilar, asosan temuriyo`lchilar, Toshkent gornizonining soldatlari davlat to’ntarishini o’tkazdilar. Bosh komissar general Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston ko`mitasi qamoqqa olindi va shu kuni Turkistonda Sovet hokimiyatining o’rnatilganligi e`lon qilindi.

            Turkiston bolsheviklari o`lkadagi butun hokimiyatni o`z qo’llariga olish uchun shafqatsiz kurash olib bordilar.

            1917 yilning, 12 dekabrida Amudaryo bo’limining markazi Pyotro-Aleksandrovsk shahrida ham sovet hokimiyati o’rnatildi.

            1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida ishchi, soldat va dehqon deputatlarining III o’lka sezdi bo’lib o’tdi. Bu sezda asosiy masala o’lka hokimiyatini tuzish bo’ldi. Sezd 15 kishidan iborat Turkiston Xalq komissarlar sovetini tuzdi. So`l esyerlardar (8 odam) va bolsheviklardan (7 odam) tashkil topgan bu hukumatga o’lkaning mahalliy aholisida bironta ham vakil kiritilmadi. Menshiklar va so`l esyerlar, shuningdek S.Lapin boshliq ulomochilar o’lkadagi barcha demokratik tashkilotlar vakillarini o`z ichiga olgan koalitsion hukumat tuzish to’g`risida taklif kiritgan edilar, Lekin bu taklif bolsheviklar tomonidan rad etildi. Bolsheviklarning g`oyat ahamiyatli siyosiy maqsatga bunday yondashuvi sovet rahbarlarining shovinistlik siyosatining ifodasi edi.

            Rossiya Xalq Komissarlar Soveti 1917 yilning 2 noyabrida Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi va 20 noyabrda Rossiya va sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga murojaatnoma e`lon qilgan edi. Toshkentda tuzilgan Turkiston Xalq Komissarlar Soveti tarkibiga mahalliy aholining bironta ham vakilining kiritilmaganligi bu dabdabali hujjatlarda qayd qilingan g`oyalarning faqat qog`oz yuzidagi quruq va`dalar ekanligini ko’rsatadi.

            Turkistonda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatda mahaliy tashkilotlarning ilg`ol vakillari 1917 yil 26-28 noyabrda Qo`qon shahrida turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyini o’tkazishga majbur bo’ldilar. Turkistoni boshqarish tizimi to’g`risidagi masala qurultoydagi asosiy masala bo`ldi.

Qurultoyda barcha viloyatlardan vakil bo`lib kelgan 200 ga yaqin qatnashchilar Turkistonga muxtoriyat berilishi va mustaqillik g`oyasini qo’llab-quvvatladilar.

            Qurultoyda qabul qilingan qarorda: Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da`vat etgan xalqlarning o`z taqdirlarini o`zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb e`lon qildi.

            28 noyabrda tarkib topayotgan mazkur davlatga Turkiston muxtoritiya deb nom berildi. Butunrossiya ta`sis majlisi chaqirgunga qadar hokimniyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq majlisi qo`lida bo`lishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat kengashi a`zolaridan tuzilgan Muvaqqat hukumat hay`ati tarkibiga 8 kishi saylandi. Muhammadjon Tanishboyev bosh vazir va ichki ishlar vaziri, Islom Shoaxmedov bosh vazir o`rinbosari, Mustafo Choqayev tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo`jaev harbiy ishlar vaziri lavozilarini egalladilar yana 4 o`rin yevropa aholi vakillariga ajratildi.

            Turkiston muxtoriyatining e`lon qilinishini Turkiston xalqlari qizg’in qo’llab-quvvatladilar va qisqa vaqt ichida xalq o`rtasida katta e`tibor qozondi. Abdurauf fitrat muxtoriyat e`lon qilingan kunni milliy laylatulqadrimiz deb atadi. Lekin, o`lkaning Sovet organlari Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat hukumatini tan olmasligini dastlabki kunlardan boshlab ma`lum qildi. Bolsheviklar Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston Sovetlarining IV sezdi Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a`zolarini qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi.

            1918 yilning 19 fevralida (eski hisob bilan 6-fevral) Qo`qon shaxrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston muxtoriyati bolsheviklarning qonli hujulari natijasida ag`darib tashlandi. Hukumat ag`darilgach ham Qo`qon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va o’ldirish battar avjiga chiqdi. Faqat Qo`qonning o’zida uch kun davomida 10000 (o`n ming) kishi o’ldirildi.

            Ulug` Turkiston gazetasi chuqur qayg`u bilan xabar berganidek, 20 (7) fevral Xuqand tarixining eng daxshatli kuni bo`ldi.

            Turkiston muxtoriyatining ag`darilishi O`rta Osiyoni sovetlashtirishga keng yo`l ochib berdi.

            Turkiston muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi Turkistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nixoyatda keskinlashtirdi. Muxtoriyat hukumatining tugatilishi xalq harakatining butun Farg`ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki bo’ldi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg`onaliklar endi bolsheviklar tuzumi va sovet Rossiyasiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shunday qilib, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha tuzumga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining so’nggi o`n kunligida boshlanib ketdi.

            Qo`qon atrofida boshlangan istiqlolchilik harakatiga dastlab Kichik Ergash va so’ng uning vafotidan keyin Katta Ergash boshchilik qildilar. Skobelev uezdida istiqlolchilik harakatiga marg`ilon militsiyasining sobiq boshlig`i Muhammad Aminbek Axmadbek o’g`li Madaminbek boshchilik qildi.

            1918 yil fevralida Turkistonda boshlangan harakat bu sovet tarixchiligida ta`kidlab kelinganidek, bosqinchilik, yoxud bosmachilik harakati emas edi. Bu harakatning mohiyati istiqlolchilik harakati bo’lib uning boshidan oxirigacha ustuvor g`oya butun Turkistonning milliy istiqloli edi.

        Sovet hokimiyati vakillarining butun Turkiston o’lkasida yuritgan shovinistlik va mustamlakachilik siyosati, mahalliy aholi manfaatlari bilan hisoblashmay ularning nafsoniyatiga tegishi istiqlolchilik harakatining doimiy ravishda avj olishiga hamda uning uzluksiz davom etishiga olib keldi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, xunarmandlar va kosiblar edi.

            Farg`ona vodiysida Kichik va Katta Ergashlar Madaminbek, sher Muhammadbek, Islom Paxlavon, Buxoro Xalq Respublikasida Said Olimxon (sobiq amir), Ibraximbek, Mulla Abdullkaxor, Jabborbek, Xorazm Xalq Respublikasida Junaidxon G’ulomalixon, Kushmamedxon, Temur Alimxon, Xonmaxsim va boshqalar Turkistondagi istiqlolchilik harakatini uyushtirishda g`ayrat shijoat bilan faoliyat ko’rsatdilar. Lekin istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha butun Turkiston bo’yicha yagona markazga to’lik uyusha olmadi.

            Farg`ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozining oxiri va kuziga o’zining yuqori cho`qqisiga chiqdi. 1919 yil sentyabr oyida Madaminbek lashkarlari jalolobod, Ush Eski Marg`ilon shaharlarini egalladilar.

            1919 yil 22 oktyabrda bo’lib o’tgan anjumanda Farg`ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilib, Madaminbek hukumat boshlig’i va Bosh qo’mondon qilib tayinlandi.

            Istiqlolchilik harakatining eng kuchaygan davrida Madaminbek qo’l ostida 30 minga yokin yigit sher Muhammadbekta 20 ming yigit, Ergash kurboshida 8000 yigit qizil armiyaga qarshi jang olib bordilar.

            1920 yilning yoz va kuz oylarida istiqlolchilik harakati yangi bosqichga qadam qo’ydi. Kurash yana ham kuchaydi. Bu davrga kelib Farg`ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga Shermuhammedbek boshchilik qila boshladi. 1920 yilning may oyning boshida Oltiariq tumanida qurultoy o’tkazilib, unda Turkiston mavaqqat hukumati tuzildi va Shermuhammedbek hukumat raisi va islom qo’shinlarining Oliy bosh qo’mondoni qilib saylandi.

            Manbalarda qayd qilinishicha, 1920 yilning kuziga istiqlolchilik kurashi qatnashchilarining soni vodiyda 70000 (yetmish ming) kishiga yetgan.

            1920-1924 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Xorazm Xalq Respublikasida qizil armiyaga qarshi kurashining tepasida Junandxon turdi.

            Amudaryo bo’limi xududida istiqlolchilik harakatiga Xanmassin va boshqalar raharlik qildilar. Shuningdek Ural kazaklarining atamani Mixail Filchev boshchiligidagi otryad ham qizil armiyaga qarshi kurash olib bordi.



            1920 yilning oxiriga kelib Sovet organlari istiqlolchilik harakatining asosiy qismini katta harbiy kuch yordamida bostirishga muvaffaq bo’ldilar. Lekin qarshilik harakati 1924 yilgacha va undan so’ng ham 1935 yilgacha har xil ko’rinishda davom etdi.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling