42-dars. 1-mashq. Qaysi bo’laklar uyushganligini va qanday hosil bo’lganini aniqlang


Download 33.24 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2023
Hajmi33.24 Kb.
#1348473
  1   2
Bog'liq
42-dars


42-dars.
1-mashq.Qaysi bo’laklar uyushganligini va qanday hosil bo’lganini aniqlang.
1.Tiniq suvlar, ko’m-ko’k daraxtlar shoirning ko’nglini to’lqinlantirar edi.2.Muhid-din shu gaplarni aytdi va yana bir qarab qo’ydi.3.Ular soy bo’yidagi toshlardan, har xil giyohlardan namunalar olishdi.4.Tepadan unga tanish uylar, ko’chalar, dalalar, birma-bir ko’rinib turardi.5.Bolalar yaslilari va bog’chalarida mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanishmoqda.6.Sherali o’zining sanam qirg’iyi bilan adir va qir-larda shamoldek ucha boshladi.7.O’riklar, olmalar, teraklar bargi oltinlashgan.8. Qobil bobo qo’l qovushtirib uning ketidan yurar va yig’lar edi.9.Anhor bo’yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, namozshomgullar ko’rinardi.10.Hamma jim, yalqovgina ishlayapti.11.Kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulashila boshlandi.12.Unda xizmatkorlar, mardikorlar ishlayapti.13. Mayli, sizlar o’ynab, yozilib kelinglar.14.Bu yil olma bilan o’rik hosili mo’l bo’ldi. 2-mashq.Umumlashtiruvchi va uyushiq bo’laklarni aniqlang.Tinish belgilar-ning qo’yilish sababini tushuntiring?
1.Ko’rib chiqdi uni hamma:Odil, Halima .2.Bu xabarni eshitishi bilan Otabekda ko’riladigan o’zgarishlarni, xarakterlarni – barchasini birma-bir ko’ngildan kechirardi.3.Gulzorning narigi tomonida daryo, husayni, yakdona, charos, kish-mish – turli uzum ishkomlari bor edi.4.Qishloq keksalari: Umrzoq ota, Mavlon aka, Jo’ravoy aka azongacha uxlashmadi.5.Xonada stol, kravat, kitob terilgan javon – kerakli narsalar bor edi.6.Hamma nars:uylar, devorlar, daxtlar qorong’ulik-ka jimgina cho’kdi.7.Uydagi mebellar:divan, shkaf, stolva stellar juda zich qo’yil-gan edi.8.Hech narsa:na musiqa, na ashula, na turli o’yinlar uni ovuta olmas edi.
VAZIFA
3-mashq.Qaysi bo’laklar uyushganligini aniqlang.
1.Bu bog’lardan yuksalar ko’kka tinch hayotning, baxtning ovozi.2.Hasanali kun-larini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi.3.O’z yurtimiz, bog’imiz, o’z vodiyimiz, tog’imiz, o’z qudli chirog’imiz hamisha bo’lar omon.4.Sandal to’riga cholim bilan oqsoqol, beriroqqa ovsinim, men Robiya o’tirdik.5.Gulzorda, bog’lar-dan o’tdim, bozorlardan, tog’lardan o’tdim.6.Yigitning yuz va ko’zida andisha, alam va hayajon alomatlari ko’rinardi.7.Bu uyning qatori oshxona, otxona va hojat uylarini tashkil qilar edilar.8.Atirgullar, kartoshkagul kuzning birinchi izg’irinlarini pisand qilmaydi.9.Maydon o’zining ko’klamligi va ulug’vorligi bilan butun shaharga husn kiritgan edi.10.Sayohat va sayrga chiqishning gashti bor.11.Mashina nimagadir to’q etib urildi, to’xtadi.12.Ayvonda oyim bilan buvim choy ichib o’tirishibdi.13.U bola shu vaqtgacha parvoz va qatorasiga cho’zilgan vagonlarni yaqindan turib ko’rmagan edi.14.Bektemir dam to’xtab, dam hayol surib turgan generalga duch keldi.15.Bo’ron goh nortuyadek o’kirar, goh och bo’riday uvillardi. 16.Xirmonga katta yoki uvatdagi yolg’izoyoq yo’ldan boriladi.17.Xolposh xola goh u keliniga, goh bu keliniga talmovsirab qaradi.18.Ba’zan oyim, ba’zan buvim bilan aravaga tushib Qatortolga borardik.19.Berdiboy daraxt kesadi, taxta tiladi; tandir, o’choq quradi, tom suvaydi.20.Hovliga Rajab bobo bilan Halimjon kirdi.21. Ko’lning atrofi o’siq tollar, qalin qamishlar bilan o’ralgan.22.Otam bilan onam har doim bizga foydali nasihatlar berishadi.23.Olimovning qo’lidagi yuklari og’irroq va nozikroq edi.24.Jannatxon musiqni, ashulani juda sevar edi.25.Quyosh yorug’ida ko’k, sariq, qizg’ish qum zarralari yaltirardi.26.Hulkar kulib, quvnab o’yinga tushdi.27.Bino oldida bilalar, qariyalar to’planishgan.28.Ertaga senga kitob, daftar olib beraman; o’qiysan yo xat yozasan.29.Oq, sariq, qizil gullar; rang-barang chirmovuqlar, tikonli gullarning hammasi shudring bilan top-toza yuvilgan. 30.Nasiba g’ayratli, ishchan, tashabbuskor bir qiz bo’lib chiqdi.31.Mehmonlarga har nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar tortildi.32.Cholning kichginagina uyiga Botirali, Sergey va Sotiboldilar yig’ilishdi.33.Qo’chqor bittadan egatga tu-shishni hamda diqqat bilan tekshirishni buyurdi.34.Iyul va Iyun oyi paxtakorlar hayotida eng mas’uliyatli davr hisoblanadi.35.Mashinalar goh shag’al, goh tuproq, goh qum olib o’tardilar.36.Tepaliklar bo’ylab dam balandga chiqamiz, dam pastga tushib boramiz.37.U hayajon bilan tez-tez va bo’g’ilib so’zlar edi.38.Muhiddin shu gaplarni aytdi va yana bir qarab qo’ydi39.Ufqqa tutashib ketgan polizlar, tokzorlar goh qizg’ish, goh qahrabo ranglarda tovlanadi.40.Tog’ etaklaridan nafis gullarning xushbo’y giyohlarning hidlari anqiydi.41.Qorabulo – juda chiroyli, juda so’lim joy.

Download 33.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling