Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari


Download 1.46 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#209835
Bog'liq
15- mavzu 10- ózbekiston Tarixidan

Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati uning mohiyati va oqibatlari

10-sinf O’zbekiston tarixi fani asosida 15-mavzu

Reja:

1. O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi.

2. Huquq va maorif tizimida qatag‘onlikning avj oldirilishi

3. Munavvarqori va safdoshlarining mahv etilishi.

O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi.

Sovet rejimi o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora oshkora namoyon bo‘la boshladi.

Huquq va maorif tizimida qatag‘onlikning avj oldirilishi.

Milliy rahbar xodimlarni lavozimlaridan chetlatib, ularni “g‘oyaviy” jihatdan tor-mor qilayotgan sovet rejimi XX asr 20-yillarining oxiriga kelib jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi.

O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S.Qosimov va uning 6 nafar safdoshi ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil Samarqand shahrida sud jarayonini o‘tkazdi.

1930-yil avgust oyida Samarqand shahrida O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibsga olindi.

Munavvarqori va safdoshlarining mahv etilishi.

1929-yil 5-noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi.


Munavvarqori Abdurashidxonov

1931-yil 25-aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori boshchiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan “Milliy Istiqlol” a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi.

1936 – 1938-yillardagi katta terror hamda O‘zbekistonda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi.


Sovet mustabid tuzumi butun mamlakatda bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham ommaviy qatag‘onlarni avj oldirdi.

Yirik davlat va jamoat arboblari, partiya va xo‘jalik rahbarlari, ziyolilar, ruhoniylar va harbiylar bilan birgalikda oddiy kishilar va kolxozchilar ham qatag‘on qilindi.

O‘zbekistondagi siyosiy elita “millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish”da, shuningdek, qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlashda ayblandi.

XX asr o‘zbek madaniyatining

3 nafar yorqin yulduzlari – Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938-yil

4-oktyabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi.


Cho‘lpon

Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham, menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Bir necha shaxslarning orzusicha, ma’naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman.… Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa “eh” deydigan yigit emasman”.

Abdulla Qodiriyning sud jarayonidagi nutqidan.


“So‘zimning oxirida odil sudlardan so‘rayman: Garchi men turlik bo‘xton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham anglashilmovchiliklar orqasida, ikkinchi oqlanmaydurg‘on bo‘lib qoralandim.

XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov sovet rejimi tomonidan Maykopda 1937yil 28-oktyabrda qamoqqa olindi.


U O‘zbek diviziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblandi.

Mirkomil Mirsharopov

1937-1938-yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6920 nafar kishi esa otib o‘ldirishga hukm qilindi.

“Shahidlar xotirasi” yogorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi.


“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning porloq nomlari tiklandi.


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov (1938 – 2016) tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi.
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling