Sovet mafkurasining O’zbekistondagi teatr faoliyatiga ta’siri Abdullayeva Nasiba Latifjon qizi
Download 22.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqDoc1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Sovet mafkurasining O’zbekistondagi teatr faoliyatiga ta’siri Abdullayeva Nasiba Latifjon qizi Buxoro Davlat Universiteti Tarix va Yuridik fakulteti Tarix ( Mamlakatlar va yo’nalishlari bo’yicha) 3-kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada 1917-1991 yillardagi teatr faoliyati haqida so’z boradi . Ushbu davrda kommunizm mafkurasiga asoslangan o’zbek sovet teatri hamda ziyolilarimiz tomonidan tuzilgan teatr truppalarining tomoshabinlarga o’tkazgan ta’siri tavsiflanadi . Milliyligimizdan yiroq bo’lgan teatr repertuarlarining xalqimiz tomonidan qabul qilinmasligi va shunga qaramay bunday spektakllarning sahnadan tushirilmasligi tomoshabinlarning teatr san’atiga bo’lgan qiziqishini yo’qotganligi yoritib berildi . Shu bilan birga milliy ziyolilarimizning qarshiliklarga qaramay istiqbolli teatr repertuarlarining yaratganini guvohi bo’lishimiz mumkin . Kalit so’zlar : o’zbek sovet teatri , musiqa teatri , kommunizm , opera va balet teatri, teatr texnikumi , ikkinchi jahon urushi Mustaqil O’zbekistonimiz bugungi zamonda yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo’ymoqda . Yangi O’zbekiston deb atalayotgan bu bosqich dunyo davlatlari ichidagi yosh mustaqil mamlakatimizni har jihatdan yuksalish tomon olib bormoqda. Albatta bu taraqqiyot o’zidan o’zi amalga oshib qolmaydi . Bu esa o’z zamirida biz yosh avlodlar oldiga muhim vazifalarni qo’ymoqda . O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk , barkamol , jamiyat uchun munosib bo’lib ulg’ayishi Yangi O’zbekistonning bosh g’oyalaridan biridir . Bu esa o’z navbatida fan-ta’lim , madaniyat sohalari bilan chambarchas bog’liq . Ayniqsa , yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk bo’lib o’sishida, ularning badiiy tafakkurini shakllantirishda teatrning o’rni beqiyosdir . Shunday ekan bir savol tug’iladi : Nega teatr sohasida bo’layotgan islohotlarga qaramay hozirgi kunda teatrga boruvchi tomoshabinlar soni ko’p emas ? Balki bu savolning javobini tarixdan qidirarmiz . 1917-yilgi oktabr to’ntarishidan so’ng butun Rossiya va uning mustamlaka hududlarida sovet hokimiyati o’rnatildi . Yangi hokimiyat eng avvalo o’z mafkurasini ya’ni kommunizmni o’rnatishga harakat qildi . Bu yo’lda esa afsuski teatr ushbu mafkuraning quroli aylandi . Lekin ayni vaqtda jadidlar ham o’lka aholisini ma’rifatli qilish uchun teatrga qo’l urishayotgandi . Ammo mavjud tuzum tufayli ziyolilarning bu harakati qiyin kechdi. Oktabr to’ntarishidan so’ng Turkiston o’lkasida qator teatr truppalari ochildi . Ulardan biri iqtidorli dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil etgan “ musulmon truppasi ” Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoriga o’tkazildi va “O’lka musulmon siyosiy truppasi ” deb nomlandi . Bu truppadagi ilk asar Hamzaning “ Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari ” dramasi bo’lib , uni o’zbek milliy teatrining asoschisi Mannon Uyg’ur sahnalashtirdi . Bu truppaning keyingi faoliyati 1918-yilda frontdagi pyesalari bilan izohlanadi . Urushdan keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar teatrni ham chetlab o’tmagan . Aksariyat teatr binolari xaroba holga kelib qolgan . Masalan , 1920-yil 26-fevralda “zaharli hayot ” pyesasi qo’yilganda , teatr binosining ahvoli haqida quyidagi ta’rif berilgan edi : “ Bu kechada “Sharq” sahnasining oldingi tarafidan chakka o’tib , butun sahna oldi “to’fon” holiga kelib turdi . O’yinning qizg’in minutlarida tom ustidan parcha –parcha loy tushib , o’yinning mazasini yo’qotib , birinchi va ikkinchi skameykalarda o’tirgan tomoshabinlarning butun kiyimlari loy va suv ila bezatilib turdi . Hatto sahnaning oldingi chodiri e’tibor ila nazorat qilinmaganligidan necha o’rinlarda teshik ochilib qolgan” [ 1 ] . Shunga qaramay o’z tomoshabinlarini yo’qotmagan ushbu teatr truppalari bolsheviklar tomonidan “burjua g’oyalari”ni targ’ib qilishda ayblanib , faoliyati to’xtatilgan . So’ngra Toshkentda sovet mafkurasini targ’ib qiluvchi teatr truppasi tuzildi . 1920-1921-yillarda Buxoro va Xorazmda Hamza yetakchiligida o’zbek sovet teatrlari tuzildi . Bu borada Fayzullo Xo’jayev tashabbusi bilan “Tuhmatchilar jazosi” , so’ngra “Turkiston tabibi” spektakllari sahnalashtirildi . 1924-yilda teatrning bir guruh aktyorlari Moskvaga o’qishga yuborildi . Ushbu aktyorlar ( B. Xo’jaev, S. Abdullayev , A. Olimova , B. Jamolov, M. Musaev va b. ) o’z o’qishlarini tugatganlaridan so’ng o’lkada professional teatr faoliyatini yo’lga qo’ydilar [ 2 ] . Shunday qilib , 1918-1924-yillar o’zbek sovet teatrining shakllanish jarayoni bo’ldi . Teatr sohasida keying yillarda Qori Yoqubov tomonidan 1926-yilda tashkil etgan birinchi o’zbek teatri muhim o’rin tutadi . Ushbu teatr tarkibiga Yusufjon Shakarjonov , usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Ahmadjon Umrzoqov, Abduqodir Ismoilov kabi 18 nafar qo’shiqchi , raqqoslar kititildi . Bu teatrda uzoq yillar davomida yoshlarning tilidan kuy-qo’shiqlari tushmay kelgan ,respublika miqyosida takror takror qo’yilgan umrboqiy asarlar yaratildi . Ushbu asarlar “Farhod va Shirin” , “Layli va Majnun” , “Gulsara” va boshqalar . Keyingi yillarda mashhur dramaturg , aktyor Shekspir asarlarining sahnalashtirilishi teatr sohasida kata yutuqlardan biri bo’ldi . Bu boradagi faoliyat yuqorida ko’p marotaba tilga olingan Mannon Uyg’ur nomi bilan bog’liq . Biroq ushbu davrda partiyaning ta’siri kuchayib bordi va siyosiylashtirishga e’tibor qaratildi . Partiya talabiga ko’ra “har bir aktyor teatr sohasi haqida ma’lum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak . Bundan tashqari ular teatrda qo’yilayotgan pyesaning siyosiy va ijtimoiy mohiyatini tushunishi uchun siyosiy tomondan ham ma’lumotga ega bo’lishi kerak” edi [ 3 ] . Teatrning keyingi yillardagi faoliyati ikkinchi jahon urushi nomi bilan bog’liq . O’tkir Hoshimov aytganidek : “urushning yaxshisi bo’lmaydi” [4] . Ammo shuncha yillar o’tsa-da , nomini eshitganda insonlarning qalbida iztirob , qo’rquv paydo qiladigan urush bu ikkinchi jahon urushidir .Xo’sh , bu urushning teatrga ta’siri nimada degan savol tug’iladi . Urush yillarida O’zbekistonda 51ta teatr faoliyat ko’rsatgan . Bu davr tom ma’noda professional teatrni yaratdi desak , mubolag’a qilmagan bo’lamiz . Chunki bu davrda barcha birdek tinchlik uchun kurashdi . Frontdagi askarlarning ruhiyatinini cho’ktirmasligi uchun , ularni olg’a borishiga ruhlantirish uchun bu yillarda ancha samarali faoliyat ko’rsatdi . O’zbekistonga kelgan Moskva rejissorlari va aktyorlari hamkorligida yirik loyihalar amalga oshirildi . Masalan , 1942-yilda I. N. Bersenov A. Turdiyev bilan hamkorlikda I. Sultonning “Burgutning parvozi” pyesasini , 1943-yilda S. M. Mixoels M. Uyg’ur bilan “Muqanna” tragediyasini sahnalashtirdilar . Shuningdek , teatr jamoalari harbiy qismlarga , gospitallarga borib o’z chiqishlarini qilganlar . Bu jamoa tarkibida yuqorida tilga olingan mashhur Tamaraxonim, Halima Nosirova , Muhiddin Qori Yoqubov , Olim Xo’jayev , Karim Zokirov , Shukur Burxonov va boshqalar bor edi . Ikkinchi jahon urushidagi g’alaba yaxshi ta’timasdan turib , yana teatr uchun qora kunlar boshlanmoqda edi . Urushdan so’ng , sovet hokimiyati chala qoldirgan ishini davom ettirdi . 1946-yilda VKP Markaziy Komitetining “Dramatik teatrlarning repertuari va uni yaxshilash tadbirlari” to’g’risidagi qarori qabul qilindi . Bu qarordan so’ng respublika teatr yig’lishida teatr repurtuarlari ko’rib chiqildi . Unda Hamza teatri “repertuarida 12 ta pyesa bor , shundan 6 tasi zamonaviy , 1 tasi O’zbekiston mavzusida , qolganlari tarixiy” ekanligi ta’kidlanib , teatr rahbari Uyg’urning tarixiy mavzularga ko’p qo’l urayotganligi , asarlarda feudal o’tmish , tarixiy shaxslar ulug’lashtirilib , xalqning roli pasaytirilayotganligi tanqid qilindi . Ayni damda O’zbek opera va balet teatrining repertuarida tarixiy mavzularning ustuvorligi , “Farhod va Shirin” , “Ulug’bek” pyesalarida goyaviy kamchiliklarining mavjudligi ko’rsatildi [5] . Shuningdek , ma’ruzachilardan biri tarixiy mavzular yoshlar ongiga yomon ta’sir etayotganligi xususida to’xtalib , “ yoshlarga zararli ta’sir ko’rsatoytgan “Tohir va Zuhra”da go’yaviy yondashuv boshqacha bo’lishi kerak . Men Toshkentning eski shahar qismida yashayman va kechalari yoshlarning bu pyesadagi sevgi qo’shiqlarini kuylayotganligini eshitaman” [6] . Xuddi shunday mazmundagi noroziliklar , tanqidlar har doimgiday bir xil mazmunda ekanligi g’ashingizni keltiradi . “Burjuacha g’oya” , feodal o’tmishni aks ettiruvchi deb qayta-qayta tanqid ostiga olishlari teatr sohasining ahamiyatini pasayishiga olib keldi . Yillar davomida insonlar ko’nglidan joy olgan , o’zbek urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi “Tohir va Zuhra” , “Farhod va Shirin” va “Alpomish” kabi pyesalarning teatr repertuarlaridan chiqarilishi teatr uchun katta yo’qotish bo’ldi desak , adashmagan bo’lamiz . Ammo tazyiqlarga qaramay Muqimiy teatri “Farhod va Shirin” , “Tohir va Zuhra” spektakllari qo’yilishini kelgusi yillarda ham davom ettirdi . Shu o’rinda yuqorida tilga olingan “Alpomish” asariga to’xtalib o’tmoqchiman . “Alpomish” dostoni xalq og’zaki ijodi mahsuli bo’lib , bu doston asosida spektakl va kinofilmlar ishlangan . Yuqorida aytib o’tganimday tanqid ostiga olingan asarlardan biri . Bu haqda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan : “bu dostonni sahnalashtirishga ruxsat berilganligi boshqarmaning katta xatosi ekanligi aytilgan . Shuningdek yana bir ma’ruzachining ma’lumotiga qaraganda , Buxoro teatrida yarim yil davomida zamonaviy mavzudagi spektakllar 1-3 marta qo’yilgan bo’lsa , “Alpomish” asari 35 martadan ortiq sahnaga olib chiqilgan . [7] Teatr repertuarlarining bu tarzdagi tanqidga uchrashi , mafkuraviy tazyiq natijasida keying yillarda o’zbek madaniyatiga to’g’ri kelmaydigan spektakllar sahnalashtirildi . Masalan, A. Tolstoyning “Shoh Fyodor Ivanovich” , M. Gorkiyning “Dushmanlar” asarlari qo’yila boshlagan . Ammo bu asarlar mahalliy tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinmagan . Bu esa o’z navbatida xalqni teatr san’atidan uzoqlashishiga olib kelgan . Shunga o’xshash asarlarning sahnalashtirilishi mustaqillik yillarigacha davom etdi . Natijada o’zbek xalqida teatrga ishtiyoq yo’qolib bordi . Faqatgina bir nechta milliyligimizga putur yetkazmaydigan asarlargina tomoshabinlarni o’ziga jalb qildi . Bunday asarlar toifasiga hammaga mashhur , hattoki bugungi zamonda ham miriqib tomosha qilinadigan “Kelinlar qo’zg’oloni” , “Oltin devor” kabi asarlar kiradi . Xulosa so’zimni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so’zlari boshlamoqchiman : “ Buyuk tarixda hech narsa izsiz qolmaydi . U xalqning qonida ,xotirasida saqlanadi . Amaliy ishlarda namoyon bo’ladi . Shuning uchun u qudratlidir ” [8] . Darhaqiqat , sovet davrida milliyligimizni aks ettiruvchi shunday asarlar yaratildiki , bu asarlar hamon tirik , xalqimiz qalbida yashab kelmoqda . Ammo sovet mafkurasini aks ettiruvchi shunday asarlar yaratildiki, ular xalqimizni teatrdan uzoqlashishiga xizmat qildi , xolos . Bugungi kunda teatr borasida gapirilganda , Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” degan so’zlari yodga tushadi . Respublikamizda 37 ta teatr faoliyat ko’rsatadi [9] . Aksariyat hollarda teatrga qiziqish uyg’otish uchun teatrdagi spektakllar ta’limning barcha turlarida joylarga borib , talaba-o’quvchilar uchun ijro etilyapti . Ishonamanki , bu kabi faoliyatlar o’z samarasini beradi va teatr yana avvalgiday mavqega ega bo’ladi . Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling