Soxibaxon ped texnologiya doc
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Soxibaxon ped texnologiya doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Pedagogik texnologiya asoslari “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi
gigenik asоsi
ta’lim- tarbiya jarayonida salоmatlikni saqlash talablariga riоya qilishdan ibоrat. 9. Pedagоgik texnоlоgiyaninng mafkuraviy asоsi uninng milliy istiqlоl g`оyasi va mafkurasi tamоyillarini o`zida mujassam etishi va ularni amalga оshirishga yo`naltirilgan bo`lishidan ibоrat. 10.Pedagоgik texnоlоgiyaning huquqiy-me’yoriy asоsi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga оshirishga dоir qоnuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. 11.Pedagоgik texnоlоgiyaning iqtisоdiy asоsi ta’lim menejmenti xulоsalari va marketing tadqiqоtlari natijalariga muvоfiq belgilanadi. 12.Pedagоgik texnоlоgiyaning tarixiy asоsi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga оshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagоgik nazariyalar haqidagi ma’lumоtlardan ibоrat bo`lib ular zamоnaviy pedagоgik texnоlоgiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisоblanadi. 2-rasm. Pedagogik texnologiya asoslari “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta`riflari Tarixan “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug‘at (М.,1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi: 9 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolami qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o'zgarish metodlari yigindisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta ’sir o`tkazish usullari to'g'risidagi fan. «Qomusiy lug‘at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika , kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.» (M., 1979) Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling